Lionel Messi - 2020 yilda narxi eng ko'p pasaygan ikkinchi futbolchi
13 okt 2020 15:01
Yangiliklar
Lionel Messi - 2020 yilda narxi eng ko'p pasaygan ikkinchi futbolchi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi 2020 yilda narxi eng ko'p pasaygan futbolchilar orasida ikkinchi o'rinni egalladi, deb xabar bermoqda Transfermarkt nashri.
33 yoshli argentinalikning narxi 40 million evroga kamaygan, endi uning transfer narxi 100 million evroga teng. Birinchi o'rinda "Real" vakili Eden Azar qayd etilgan. Uning narxi 120 million evrodan 60 milliongacha tushgan. Kuchli uchlikni "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann yakunlab bergan. Franciyalik futbolchining narxi 40 million evroga kamaygan va hozirda 80 millionga teng.
Undan keyingi o'rinlarni "Manchester Siti" vakili Rahim Sterling va PSJ hujumchisi Neymar egallashgan. Ularning narxi 32 million evroga kamaygan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar