"Lion" sport direktori: "Benzema faoliyatini "Lion"da yakunlashi orzumizdir"
09 sen 2020 18:05
Yangiliklar
"Lion" sport direktori: "Benzema faoliyatini "Lion"da yakunlashi orzumizdir"
"Lion" sport direktori Junino Pernambukano klubning "Real" hujumchisi Karim Benzemaga qiziqayotgani haqida gapirdi.
"Karimning bizning jamoada faoliyatini yakunlashi orzumizdir. "Lion"dagi barcha unga CHempionlar Ligasida o'ynash, bizning etakchi va to'purar bo'lishi uchun ikki mavsumni tuhfa qilishni orzu qiladi.
Bizga uning tajribasi kerak va u bizga o'yinlarda g'alaba qozonishga yordam beradi", - deydi Pernambukano.
Benzema "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Madridning "Real" klubiga 2009 yilda 35 million evro evaziga o'tgan.
O'yinchi o'tgan mavsum "qirollik klubi" tarkibida 48ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol va 11ta assist qayd etdi. Transfermarkt 32 yoshli hujumchini 32 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar