So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

"Lids" "Real" afsonasi uchun taklif bilan chiqdi Yangiliklar

"Lids" "Real" afsonasi uchun taklif bilan chiqdi

Premer-liga klubi hozirda Madrid klubida ishlayotgan klub afsonasi Raul Gonsalesni bosh murabbiy sifatid olib kelmoqchi.

Angliya chempionatida murabbiylik bahslari davom etadi. "Lids Yunayted" yaqinda Jessi Marshga chiqish eshigini ko'rsatdi. Bu murabbiy o'tgan mavsumda Marselo Belsadan keyin jamoaning ligada qolishiga yordam bergandi. Ammo "Lids" bu mavsumda ham quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashadi. Malum bo'lishicha, klub amerikalik o'rniga "qirollik klubi"dan murabbiy olib kelmoqchi.

Raul Gonsales "Real Madrid Kastilya"ga ustozlik qilishda ajoyib ishladi va uning mehnati etibordan chetda qolmasligi aniq.

Bazilar uni hatto "Real" asosiy jamoasi bosh murabbiyi bo'lish darajasidagi salohiyatga ega mutaxassis sifatida tariflamoqda. "Lids Yunayted" uni Marshdan keyingi bosh murabbiy bo'lishini istayotgan ko'rinadi.

Raul Gonsales unga taklif kelib tushganidan bir necha soat o'tib APL vakilining qiziqishiga rad javobini berdi. Klub afsonasi mavsum o'rtasida yangi klubga ko'chib o'tishni istamaydi.

Raul "Real" tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri hisoblanadi. U murabbiylik faoliyatida ham yutuqlarga erishmoqda. Biroq bu bir kun kelib albatta kattalar bosh jamoasini boshqaradi degani emas. Lekin unda shunday imkoniyat paydo bo'lishi mumkin.

"Lids" katta klub, lekin bu Raulning mavsumning hozirgi nuqtasida "Kastilya"ni tark etishiga asos bo'la olmaydi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика