Levandovski Jahon chempionatiga tayyor
14 noy 2022 12:30
Yangiliklar
Levandovski Jahon chempionatiga tayyor
"Barselona"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovskidan bo'lajak Jahon chempionatiga munosabati va bunday noodatiy taqvim haqida so'rashdi.
Malumot o'rnida, futbol tarixida birinchi marta Jahonning asosiy turniri yozda emas, qishda o'tkazilmoqda. Bundan tashqari, ilk bor musulmon davlat mundialga mezbonlik qilmoqda.
"Yaxshi yoki yomonligini ayta olmayman. Ishonch bilan ayta olamanki, bu barchamiz uchun yangilik. Mavsum davomida Jahon chempionatini o'tkazish – hamma uchun katta chaqiruv. Men bu sinovga tayyorman deb o'ylayman. Ko'ramiz, bu butun jamoalarga qanday tasir qiladi", – dedi Levandovski.
Eslatib o'tamiz, Polsha "C" guruhida Argentina, Meksika hamda Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar