So’nggi yangiliklar

01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  0 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  1 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  13 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1

"Lester" Kristiansen bilan shartnoma tuzish arafasida Yangiliklar

"Lester" Kristiansen bilan shartnoma tuzish arafasida

"Kopengagen"ning yuqori baholangan himoyachisi Viktor Kristiansen Premer-liga vakili safiga kelib qo'shilishga yaqin.

Ingliz klubi futbolchini 18 mln funtga xarid qilish bo'yicha muzokaralarni olib bormoqda. Daniya klubi ikki tomon o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tayotganini tasdiqladi, biroq ular hali rozilik bildirganliklarini malum qilgani yo'q.

"Tulkilar" bosh murabbiyi Brendan Rojers 20 yoshli chap qanot himoyachisini shu oyda "King Pauer" o'yingohiga olib kelmoqchi bo'lgan uch futbolchidan biri sifatida nishonga olgan. Agar bu kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshsa, Daniya klubi tarixidagi va mamlakat Superligasi tarixidagi eng yirik bitim bo'ladi. 

"Lester" himoyachisi Jeyms Jastin noyabr oyida uzoq muddatga safdan chiqqanidan keyin chap qanot himoyasini to'ldirish uchun Rojers kimnidir jamoaga keltirishga ehtiyoj sezmoqda. Klub 12 mln funt miqdorida boshlagg'ich to'lovni o'tkazib berishi mumkin. Ular Premer-ligadagi to'rtta mag'lubiyatdan keyin turnir jadvalida so'nggi pog'onalardan yuqoriga chiqib olish uchun tarkibni kuchaytirish ishlarini olib bormoqda. 

Kristiansen ikki yil oldin hozirgi klubida kattalar jamoasiga ko'tarilgach, 73 ta o'yinda maydonga tushdi. U CHempionlar Ligasi va Konferenciyalar Ligasi tajribasiga ham ega.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика