Leroy Sane MYU va "Arsenal"dan bo'layotgan qiziqish haqida gapirdi
20 noy 2024 20:41
Yangiliklar
Leroy Sane MYU va "Arsenal"dan bo'layotgan qiziqish haqida gapirdi
"Bavariya" klubi vingeri Leroy Sane ingliz klublaridan bo'layotgan qiziqishlar haqida berilgan savollarga javob qaytardi. Malumot uchun, 28 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari xaridor bo'lib turibdi.
"Men o'zimga va klubdagi holatga ishonch bilan qaramoqdaman. Yangi bitim bo'yicha muzokaralar barqaror kechmoqda. Maydonda yana to'liq harakat qilishni maqsad qilganman. Klub rahbariyati bilan muloqotimiz yaxshi ruhda kechmoqda.
APL menga yoqadi va bazi uchrashuvlarni tomosha qilib boraman. Lekin menga o'zimni qulay his qiladigan, eng yaxshi o'yinimni ko'rsatadigan va sovrinlar yutadigan klub kerak. Bularning barchasi "Bavariya"da bor", -deydi Leroy Sane.
Malumot uchun, Sanening "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum oxirida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar