Leo Messi: "Musobaqadan avval hech kim u Argentina uchun bu qadar muhim rol o'ynashini tasavvur ham qilmagan"
16 dek 2022 12:59
Yangiliklar
Leo Messi: "Musobaqadan avval hech kim u Argentina uchun bu qadar muhim rol o'ynashini tasavvur ham qilmagan"
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jamoadoshining mundialdagi o'yiniga yuqori baho berdi.
Messi hujumdagi sherigi Xulian Alvaresning jahon chempionatidagi o'yinini alohida takidlab o'tdi.
"Manchester Siti" hujumchisi Qatardagi musobaqaning 6 uchrashuvida 4 ta gol urdi.
"Musobaqadan avval hech kim Xuliandan bunday o'yin va terma jamoa uchun shu qadar muhim figuraga aylanishini kutmagan bo'lsa kerak. Uning ishtiroki meni hayron qoldirdi.
Jahon chempionatining boshidan va seshanba kuni ham (Xorvatiyaga qarshi o'yin) u ajoyib o'yin namoyish qildi. To'p uchun kurashlarda, vaziyat yaratishda faol harakat qildi va har bir to'p uchun astoydil kurashdi.
Xulian Argentina uchun ajoyib topilma bo'ldi va u finalga loyiq, chunki juda ajoyib yigit" - dedi Lionel Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar