"Leo ketgan payt biz uni sog'inamiz. Imkoniyat borida undan rohat oling". Lineker Messini 33 yoshi bilan tabrikladi
24 iyu 2020 16:33
Yangiliklar
"Leo ketgan payt biz uni sog'inamiz. Imkoniyat borida undan rohat oling". Lineker Messini 33 yoshi bilan tabrikladi
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gari Lineker "Barselona" hujumchisining 33 yoshga to'lgani bilan tabrikladi.
"Lionel Messining tug'ilgan kuni bilan tabriklayman. U ajoyib faoliyatining quyosh botish nuqtasiga yaqinlashdi. 722ta o'yinda 699ta gol urgan ijodkor va qizg'anmaydigan futbolchi, samarali va darvoza qarshisidagi qotil.
Leo ketgan payt biz uni sog'inamiz. Imkoniyat borida undan rohatlaning", - deb yozadi Lineker.
Messi "Barselona"ning asosiy jamoasida 2003 yildan beri o'ynab keladi. Forvard "ko'k-anorranglilar" bilan 10 karra Ispaniya chempioni, 6 karra Kubok va 8 karra mamlakat Superkubogi sohibi. SHuningdek Leo Kataloniya klubi tarkibida 4 bor CHempionlar Ligasini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari. Uch karra UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCH g'olibi bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar