Laporta Xolandni "Barselona"ga taklif qilmoqchi
28 noy 2020 13:37
Yangiliklar
Laporta Xolandni "Barselona"ga taklif qilmoqchi
"Barselona" prezidentligi uchun davogar Joan Laporta klubning transfer maqsadini aniqladi.
Agar boshqaruvchi saylovda yutib chiqadigan bo'lsa, "ko'k-anorranglilar" tarkibiga "Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xolandni olib kelishga urinadi.
Laporta esa futbol agenti Mino Rayola bilan do'stona munosabatlarni saqlab qolgan. Joan ehtimoliy muzokaralarda bundan foydalanmoqchi.
Oldinroq 20 yoshli futbolchiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirayotgani borasida xabarlar yangragan edi.
Xoland joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar