LaLiga. Messining penaltidan urgan gollari 50taga etdi, ammo ro'yxatda Ronaldu etakchi
03 fev 2019 14:43
Yangiliklar
LaLiga. Messining penaltidan urgan gollari 50taga etdi, ammo ro'yxatda Ronaldu etakchi
Kecha, 2 fevral kuni "Barselona" "Valensiya"ga qarshi bahs o'tkazdi.
O'yin 2:2 hisobida yakunlandi. Dubl qayd etgan Lionel Messi gollarning birini penaltidan urdi. SHunday qilib u LaLigada penaltidan urgan gollari sonini 50taga etkazib oldi.
Argentinalik forvard bu ko'rsatkich bo'yicha Ispaniya chempionatida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Ro'yxatning ikkinchi pog'onasi "Real" va "Atletiko" sobiq futbolchisi Ugo Sanchesga tegishli. U 56 marta penaltini aniq amalga oshirgan. LaLigada penaltidan gol urish bo'yicha peshqadam Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Portugaliyalik forvard "Qirollik klubi" safida 61ta penaltini golga aylantirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar