So’nggi yangiliklar

03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  1 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  1 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  9 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  7 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  5 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7

La Liga. "Barselona" Busketsning yubiley o'yinida g'alaba qozondi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" Busketsning yubiley o'yinida g'alaba qozondi

Teglar :  BarselonaXetafe
"Barselona" hamda "Xetafe" o'rtasidagi LaLiganing 18-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

Barcelona

Pedri - 35'

LaLiga . 18-tur

22/01/2023, 22:30

0
:
1
Tugadi

Getafe

Stadion: Spotify Camp Nou, 79814 tomoshabin

Bosh hakam: Javier Iglesias

45'
90'
35'  Pedri
35'  Raphinha
46'  Alejandro Balde (Jordi Alba)
46'  Andreas Christensen (Eric Garcia)
62'  Raphinha (Franck Kessie)
68'  Ousmane Dembele
77'  Sergi Roberto (Marcos Alonso)
44'  Omar Alderete
62'  Angel Algobia (Gonzalo Villar)
77'  Borja Mayoral (Cristian Portu)
82'  Enes Unal
84'  Enes Unal (Juanmi Latasa)
84'  Juan Iglesias (Gaston Alvarez)
84'  Luis Milla (Jaime Seoane)

"Barselona" – "Xetafe" 1:0

Gol: Pedri

"Barselona" – ter Stegen, Serdji Roberto (Alonso), Kristensen (Garsiya), Kunde, Balde (Alba), Buskets, Pedri, Gavi, Dembele, Rafinya (Kesse), Fati.

"Xetafe" – Soriya, Suares, Djene, Duarte, Alderete, Iglesias, Alenya, Milya, Algobiya (Vilyar), Unal, Mayoral (Portu).

Ogohlantirish: Dembele (68) - Alderete (44)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Iglasies Vilyanuevaning uchrashuvga yakun yasovchi hushtagi chalindi. Mavsumdagi 14-g'alabasini tantana qilgan "Barselona" LaLiga turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi.

90+4. Xuanmi Latasaning bosh bilan bergan zarbasini Ter SHtegen ushlab oldi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. Dembele juda faol. U Fatini to'p bilan taminladi. Ammo 10-raqamli o'yinchining zarbasiga aniqlik etishmadi.

85. Kesse juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Soriya o'z o'rnida.

82. Raqibga nisbatan qo'pol o'ynagan Enes Unal ogohlantirildi.

80. Alba Fatini darvozabon bilan birga-bir holatga chiqarib yuborgan edi. To'p uzatilayotgan pallada ispaniyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda ekan. 

77. Har 2 jamoada bittadan o'zgarish. Mayoral o'rniga Portu, Roberto o'rniga Markos Alonso tushirildi.

70. Eslatib o'tamiz, "Barselona" sardori Serxio Buskets bugun katalon klubi tarkibida 700-o'yinini o'tkazmoqda.

68. Alderetega nisbatan qoidani buzgan Dembele ogohlantirildi.

65. "Barsa"ning hujumi keskinlashishi mumkin edi. Ammo Alba offsaydda qolgan ekan.

64. Xavi uchrashuv bosh hakami bilan bahslashyapti.

61. Kesse maydonga tushish uchun tayyorgarlik ko'ryapti. U Rafinyani almashtiradi.

59. Dembelening kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

56. Jarima maydoni ichidagi Fati tomon uzatilgan to'pni madriklik himoyachilar qaytarib yuborishdi.

48. "Xetafe" taymni faol boshladi. Duartening bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

46. 2-bo'lim avvalida Andreas Kristensen va Balde zaxiraga olindi. Alba va Erik Garsiya uchrashuvni davom ettiradi.

Birinchi taym yakunlandi! Tanaffus.

45+2. Mezbonlarda "korner". Burchakdan uzatilgan to'pga zarba beradigan kishi topilmadi.

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Dembelega nisbatan qoida buzildi. Mezbonlarda standart vaziyat.

43. "Xetafe"ning yana bir xavfli hujumi zarbasiz yakunlandi.

41. Uxx! Ter SHtegendan dahshatli seyv. Nemis posboni "Barsa"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi.

40. "Barselona" futbolchilari navbatdagi burchak zarbasidan naf chiqara olimadi.

35. Goooooool! Pedri o'yinda hisobni ochdi — 1:0.

30. ZARBA! Gavining chap oyoqda yo'llagan zarbasini Soriya egallab oldi.

29. Dembele o'ng qanotda to'xtatib qolindi. Jarima zarbasini esa raqib himoyachilari qaytardi.

27. Balde qo'l bilan o'ynash mumkinligini esdan chiqarib qo'ydi, oqibatda jarima zarbasi belgilandi. Standartni esa Buskets bartaraf etdi.

25. Maydon markazida mehmonlarga nisbatan qoida buzildi, standart vaziyatdan keyin esa ofsayd qayd etildi.

23. Fati Gavining ajoyib uzatmasini o'ziga qulay tarzda to'g'rilay olmadi, natijada to'pni oldirib qo'ydi.

16. Yana Dembele, ammo uning zarbasidan so'ng to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

10. Pedri Fati tomon ajoyib uzatma amalga oshirgandi, biroq Soriya hujumni buzib qo'ydi.

7. Dembele "Barsa"ning navbatdagi hujumini boshlab berdi, biroq yakuniy zarbani Soriya bartaraf etdi.

5. "Xatafe" darvozaboniga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

3. Mayoral gol urdi, ammo ofsayd sababli gol hisobga olinmadi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика