So’nggi yangiliklar

00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  0 23:45Миллатлар лигаси. Испания, Польша ва Португалия жамоалари иштирокида ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  3 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  2 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  3 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  4 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  13

La Liga. "Real" bu safar ham "Madrid derbisi"da g'alaba qozona olmadi Yangiliklar

La Liga. "Real" bu safar ham "Madrid derbisi"da g'alaba qozona olmadi

La Liga navbatdagi tur doirasida "Rayo Valekano" o'z uyida "Real Madrid"ni qabul qildi.

La Liga. 25-tur
"Rayo Valekano" – "Real Madrid" 1:1
"Kampo de Valekas" stadioni
Gollar
: 0:1 – 3 Xoselu, 1:1 – 27, penalti de Tomas.

"Rayo Valekano" – Dimitrievski, Baliu, Lejen, Aridane, Espino, Palason (De Frutos, 56), Garsiya (Kamelo, 82), Unai Lopes (Kike Peres, 64), Oskar Valentin, Trexo (Kreshpu, 64), de Tomas (Falkao, 81).

"Real Madrid" – Lunin, Nacho, Tchuameni, Fran Garsiya, Modrich (Gyuler, 87), Valverde, Braim Dias (Rodrigo, 70), Kamavinga (Kroos, 70), Vaskes (Karvaxal, 75), Vinisius Junior, Xoselu.

Ogohlantirishlar: Palason (45), Baliu (45), Kamavinga (61), de Tomas (81), Garsiya (82), Karvaxal (90).

CHetlatish: Karvaxal (90).

  

Rayo Vallecano

Raul de Tomas - 27'

LaLiga . 25-tur

18/02/2024, 17:00

1
:
1
Tugadi

Real Madrid

Joselu - 3'

Stadion: Campo de Futbol de Vallecas, 14354 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Muniz

45'
90'
27'  Raul de Tomas
45'  Isi Palazon
45'  Ivan Balliu
56'  Isi Palazon (Jorge de Frutos)
64'  Unai Lopez (Kike Perez)
64'  Oscar Trejo (Miguel Crespo)
81'  Raul de Tomas
81'  Raul de Tomas (Radamel Falcao)
82'  Alvaro Garcia
82'  Alvaro Garcia (Sergio Camello)
3'  Joselu
3'  Federico Valverde
61'  Eduardo Camavinga
70'  Eduardo Camavinga (Toni Kroos)
70'  Brahim Diaz (Rodrygo)
75'  Lucas Vazquez (Daniel Carvajal)
87'  Luka Modric (Arda Guler)
90'  Daniel Carvajal
90'  Daniel Carvajal


O'yin O'zbekiston vaqti bilan 18:00da start oldi. 

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+7-daqiqa. Bo'ldi, "Real" o'ziga xos "Madrid derbisida" g'alaba qozona olmadi!

90+5-daqiqa. CHetlatish! Raqib o'ziga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb, bunga hakamning etiborini qaratmoqchi bo'lgan Karvaxal ikkinchi bor sariq kartochka ishlab oldi va maydonni ertaroq tark etdi.  

90+3-daqiqa. Ogohlantirish! Dani Karvaxal hakamning qaroridan noroziligini ochiqchasiga namoyish qilgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.  

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi!

87-daqiqa. O'zgarish! Arda Gyuler Luka Modrichning o'rniga maydonga tushdi.  

81-daqiqa. O'zgarishlar! Raul de Tomas va Alvaro Garsiya o'rniga Radamel Falkao hamda Serxio Kamelo maydonga tushirildi. 

80-daqiqa. Kroosning jarima zarbasidan ajoyib tarzda yo'llagan to'pini Dimitrievskiy ham chiroyli o'ynab, qaytardi — burchak zarbasi. 

75-daqiqa. O'zgarish! Lukas Vaskes o'rniga Dani Karvaxal tushirildi.

64-daqiqa. O'zgarishlar! Oskar Trexo va Unai Lopes o'rniga Kike Peres hamda Migel Krespo o'yinga qo'shildi.

61-daqiqa. Ogohlantirish! Kamainga keragidan ortiq gapiravergani uchun ogohlantirildi! Natijada Eduardo keyingi tur "Sevilya"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. 

56-daqiqa. O'zgarish! Isaak Palason o'rnini Xorxe De Frutosga bo'shatib berdi. 

52-daqiqa. Burchakdan Luka Modrich uzatgan to'pni Tchuameni darvozaga aniq yo'llay olmadi. 

Tchuameni bilan to'qanshuvdan keyin Garsiyaning burni qonagani malum bo'lmoqda. 

48-daqiqa. "Rayo" futbolchisi Alvaro Garsiya yordamga muhtoj bo'lib yotibdi.   

46-daqiqa. Ikkchini bo'lim boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Bo'ldi, hakam "Rayo Valekano" hujumga o'tayotganiga qaramay, vaqt va bo'lim tugaganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus!

45+4-daqiqa. Ogohlantirish! Qanotdan qochib ketayotgan Vinisiusni ochiqchasiga fol ishlatib to'xtatib qolgan Balliu ham sariq ishlab oldi.   

45+1-daqiqa. Ogohlantirish! Isaak Palason to'p uchun kurashda Modrichga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi! "Rayo" etakchisi keyingi turni ham o'tkazib yuborishga majbur bo'ladigan bo'ldi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi!

40-daqiqa. Biroq mehmonlar bu safar ham standart vaziyatdan naf chiqara olishmadi. 

39-daqiqa. "Real" birinchi bo'limdagi o'zining 6-burchak zarbasini ishlab oldi. 

33-daqiqa. "Rayo Valekano" futbolchilari ham gol ura olganidan keyin o'ziga bo'lgan ishonchi sezilarli darajada oshdi.  

29-daqiqa. Gol o'tkazib yuborgan "Real" darhol hujumga tashlandi!

27-daqiqa. GOOOOOOOL! Raul de Tomas penaltidan unumli foydalandi va muvozanatni tikladi — 1:1.

26-daqiqa. Penalti belgilandi!   

Hakam vaziyatning takroriy lavhasini o'zi ko'rgani ketdi. 

Qizig'i, to'p Kamavinganing qo'liga tegib ketgani takroriy lavhada malum bo'lmoqda. 

24-daqiqa. "Rayo" o'yindagi eng xavfli hujumini tashkillashtirdi. CHap qanotdan oldinga o'tgan mezbonlar to'pni markazdagi futbolchiga yo'llashdi, zarbadan keyin esa to'p Kamavingaga tegib maydonni tark etdi. 

22-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilyapti va shoshilmasdan hujumga o'tmoqda.  

19-daqiqa. GOOOL! Lukas Vaskes qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va uzoq burchakdagi Xoseluga yo'lladi, hujumchi bu safar ham imkoniyatidan unumli foydalandi, ammo... Lukas Vaskes qanotdan jarima maydonchasi tomon ketayotganida to'p maydonni tark etib ulgurgan ekan. 

10-daqiqa. "Real" nafaqat gol urdi, balki to'pga egalik qilishda ham juda katta ustunlikka ega bo'lmoqda. 

Vaziyatni takroran ko'rgach, "VAR"xonadagilar barchasi joyidaligini, gol "tozaligini" malum qilishdi. Demak, hisob ochildi.  

O'yindan tashqari holat bormidi yoki yo'q, shu savolga javob topib olish zarur.

3-daqiqa. GOOOL! Tezkor qarshi hujumni Xoselu aniq zarba bilan yakunladi. Lekin hakam shoshilmaslikka chaqirmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика