La Liga rahbari: “Barselona”, “Real” va “Valensiya” pandemiya tufayli eng ko'p zarar ko'rdi”
14 noy 2020 20:25
Yangiliklar
La Liga rahbari: “Barselona”, “Real” va “Valensiya” pandemiya tufayli eng ko'p zarar ko'rdi”
Ispaniya Primerasi prezidenti Xaver Tebas koronavirus sabab jamoalar moliyaviy qiyinchilikka duch kelgani haqida gapirdi.
“Bazi klublar maoshlarni qisqartirish bo'yicha ishlarni davom ettirishi lozim. Eng ko'p zarar ko'rganlar “Barselona”, “Real” va “Valensiya”. Mavsumni yakunlash uchun La Ligadagi klublarning xarajatlarini qoplash uchun 490 mln evro etishmayapti. Biroq, hammada vaziyat har xil.
17 ta klubdagi holatni aniqladik. Kimgadir 100 mln, kimgadir esa 3 mln evro etishmayapti. Masalan, “Valensiya” CHempionlar Ligasida qatnashmayapti va klub o'z futbolchilarini sotgani uchun tanqid qilinmoqda. Ular haqiqatan o'yinchilarni sotishga majbur bo'lmoqda. “Barselona” esa mavsumni yakunlash uchun futbolchilarning maoshini qisqartirishi kerak. Ularda boshqa iloj ham yo'q”, deydi Tebas.
Fikrlar