So’nggi yangiliklar

14:56Родри: "Биз курашни давом эттирамиз"  0 14:29Романо: Испания ва Аргентина терма жамоалари футболчилари Финалиссима ўйинида майдонга тушишга тайёр эди  0 14:01Эшли Коул Италия клуби бош мураббийи этиб тайинланди  0 13:33Гави майдонга қайтиши ҳақида: "Флик доимо мен билан бирга эди, худди отамдек"  0 13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  1 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  7 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  3 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  5 11:20Ўйин давомида биттагина зарба. У "Сити" "Арсенал"дан 9 очко ортда қолиб кетишига етарли бўлди  1 10:55"Барселона" президентлигига қайта сайланган Лапорта нималар деди?  1 10:27Африка қитъасида дунёдаги энг катта стадион қурилмоқда  5 09:50МЮ раҳбари Майкл Кэррикни доимий бош мураббий қилмоқчи эмас  17 09:21Расман. Бразилиялик футболчи "Каттақўрғон" аъзоси  2 08:52"Сурхон"ни янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  2 08:23Исломбек Исмоилов тарихга кирди  11

La Liga. Jamoalar 10 kishidan bo'lib o'ynagan bahsda Suaresning goli "Barsa"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

La Liga. Jamoalar 10 kishidan bo'lib o'ynagan bahsda Suaresning goli "Barsa"ga g'alaba keltirdi

Ispaniya chempionati 35-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Espanol" o'yini yakunlandi.


Barselona – Espanol 1:0

«Kamp Nou»

Gol: 1:0 – 56 Suares.

Barselona – ter SHtegen, Alba, Langle, Semedu (Fati, 46), Serxi Roberto, Buskets, Rakitich, Pike, Suares (Breytueyt, 82), Grizmann (Vidal, 71), Messi.

Espanol – Diego Lopes, Didak Vila, Viktor Gomes, Kalero (Darder, 66), David Lopes, Embarba (Kampusano, 74), Losano, Kabrera, Roka (Ley, 86), Espinosa, de Tomas.

Ogohlantirishlar: de Tomas (45), David Lopes (90).

CHetlatishlar: Fati (50), Losano (53).


Uchrashuv yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!  

90+3. Qoidani buzgani uchun David Lopes sariq kartochka oldi.

90+1. "Barselona"da o'zgarish: Rakitich o'rniga Arauxo tushdi. 

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Vau! Raul De Tomasning zarbasi! ter SHtegenning seyvi! 

88.  O'yin keskin kurashlar ostida davom etmoqda.  

86. Darderning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

85. "Espanol"da o'zgarish: Roka o'rniga Ley tushirildi. 

82. "Barsa"da o'zgarish: Suares o'rniga Breytueyt tushdi. 

81. Buskets qanotda ochilib borayotgan Albani ko'rmadi va ancha kech pas berdi, to'p raqiblarda. 

80. O'yin davom etadi. "Espanol" hujumda qoidani buzdi. 

77. Hakam o'yinni to'xtatdi. Futbolchilarga suv ichib olishlari uchun imkoniyat yaratildi. 

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 69% - 31%

75. "Espanol" tarkibida o'zgarish qilindi: Embarbo o'rniga Kampusano tushdi.  

73. Didak Vila Messini maydonga qulatdi, jarima to'pi.

71. "Barselona" safida o'zgarish: Grizmann o'rniga Vidal tushdi.

68. ZARBA! Robertoning havolatib uzatgan pasidan keyin Messidan qoyilmaqom zarba! Lopes qaytarishga erishdi.  

Setenning Fati maydondan chetlatilgan vaziyatdagi holati

66. "Espanol"da o'zgarish: Kalero o'rniga Darder tushdi. 

65. Uuuuxxx! Langle Viktor Gomesni to'g'ri kasalxonaga yuborishi mumkin edi... xavfli o'ynadi, jarima zarbasi belgilandi. 

61. Kleman Langle yakkakurashdan keyin ozroq oqsoqlandi. Jamoadoshlari francuzning holidan xavotir olgan holda tempni pasaytirishdi. 

58. "Barselona" yana hujumga intilmoqda. Grizmanning chap qanotdan uzatgan to'pi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 68% - 32%

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Luis Suares gol urib, hisobni ochdi - 1:0! 

52. Losano Pikega nisbatan qo'pol o'ynagani bois sariq oldi. Uxxx! Yana VAR, yana sariq qizilga o'zgardi. Losano madoynni tark etdi. Ana xolos! 

49. Fati Kaleroga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi. Uuuux! Vaziyat VARda ko'rib chiqildi va qizil ko'rsatildi. Fati maydonni tark etdi. 

46. "Barsa"da o'zgarish: Semedu o'rniga Fati tushirildi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. 

45+2. Embarbaning ichkariga uzatgan to'pini Semedu qaytarib yubordi. 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

45. De Tomas Messini yiqitdi va sariq kartochka oldi. 

44. Uuuuxx! Mehmonlar avjiga chiqishdi. Vilaning pasidan keyin Raul De Tomas gol urish imkoniyatini qo'ldan chiqardi. Uning zarbasi ustunga tegib maydonni tark etdi. 

41. "Espanol" o'ziga xos pressing namoyish etdi. Oxirgi o'rindagi jamoa bunday bosim qilishi kutilmagan holat. 

38. Mehmonlar to'liq himoyaga "yotib olishgan". "Barselona"ga kombinaciya va kutilmagan paslar etishmayapti. 

37. Davom etamiz. Rakitichning pasini raqib futbolchilari olib qo'yishdi.  

34. Hakam tomonidan "time-out" elon qilindi. 

34. "Barselona" ajoyib kombinaciya tashkil etmoqda, raqib jamoa himoyachilari esa vaziyatni bartaraf eta olishdi. 

33. Bugun "Barsa"ga Riki Puch etishmayapti, shekilli.

30. Alba David Lopesni yiqitdi, jarima to'pi. Alba hakamga nisbatan keskin norozilik bildirdi.

28. Semeduning uzatmasi jamoadoshigacha etib bormadi. 

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 71% - 29%

25. Uuuuxxx! Suaresning zarbasi himoyachi tomonidan o'z vaqtida "blok qilindi". 

22. ZARBA! Leo Messi jarima zarbasini amalga oshirdi, to'p bir oz noaniq ketdi. 

20. Messidan "podnojka", u Mark Rokani maydonga qulatdi.

18. Bugun "Espanol"ni faqat g'alaba qoniqtiradi, aks holda Segundaga yo'l oladi. 

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 73% - 27%

16. "Espanol"ning hujumlari borgan sari xavfli ko'rinish olyapti.   

15. Serxio Buskets Messiga yaxshi o'ylangan pasni uzatmoqchi bo'ldi, lekin muvaffaqiyatsiz chiqdi.

13. Hakam xushtagi chalindi. Losano Busketsni yiqitdi.

11. Raul De Tomas boshi bilan sherigiga to'pni uzatishga urindi, ammo buni uddalay olmadi.

10. Vauuu! Mehmonlar yana qarshi hujumga o'tib ketishdi. Embarbaning zarbasi ter SHtegenning mahorati evaziga bartaraf etildi. 

9. Uuuxxx! Ajoyib vaziyat yuzaga keldi. Suares ichkariga kirib bordi, ammo ofsayd ekanligi malum qilindi.  

7. "Espanol" futbolchisi Messiga nisbatan qo'pollik ishlatmadi deb topildi, mehmonlar o'sha zahoti qarshi hujumga intilishdi. 

5. Ivan Rakitichning pasi sheriklariga etib bormadi, to'sib qo'yildi. 

3. "Barselona" sekin-asta o'z o'yinlarini "qurmoqda".

1. O'yin boshlandi! 

CHigil yozdi mashg'ulotlardan suratlar

"Kamp Nou" stadioni o'yinga tayyor!

Tarkiblar elon qilindi! 

- O'yin 01:00da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Barsa" "Espanol"ni mehmon qiladigan uchrashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика