So’nggi yangiliklar

12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  2 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  3 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  7 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  3 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  7 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  7 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  7 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  13 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  6 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  12 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  25 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  15 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6

La Liga. "Real Madrid" yomg'irli bahsda qiyin g'alabaga erishdi Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" yomg'irli bahsda qiyin g'alabaga erishdi

La Liga 14-turidan joy olgan "Alaves" – "Real Madrid" uchrashuvida mehmonlar g'alaba qozonishdi.

 

Deportivo Alaves

Lucas Perez - 65'

LaLiga . 15-tur

30/11/2019, 17:00

2
:
1
Tugadi

Real Madrid

Sergio Ramos - 52', Daniel Carvajal - 69'

Stadion: Estadio Mendizorroza, 16299 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45'
90'
7'  Aleix Vidal
45'  Tomas Pina
60'  Luis Rioja (Oliver Burke)
65'  Lucas Perez
67'  Lucas Perez
76'  Tomas Pina (Pere Pons)
79'  Ruben Duarte
82'  Mubarak Wakaso (Manu Garcia)
32'  Luka Modric
52'  Sergio Ramos
52'  Toni Kroos
63'  Sergio Ramos
67'  Gareth Bale (Rodrygo)
69'  Daniel Carvajal
80'  Luka Modric (Federico Valverde)
80'  Eder Militao
90'  Isco (Ferland Mendy)

Alaves — Real Madrid 1:2 (0:0, 1:2)

30 noyabr, 17.00, «Mendisorrosa»

Gollar: Ramos 52, — 0:1, Peres 65, — 1:1, Karvaxal 69, — 1:2.

Alaves – Pacheko, Ximo Navarro, Agirregabiria, Laguardia, Duarte, Pina (Pons, 76), Aleish Vidal, Vakaso (Garsiya, 82), Rioxa (Burki, 60), Xoselu, Lukas Peres.
Zaxira: Sibera, Gvidetti, Burg, Eli.

Real Madrid – Areola, Militao, Ramos, Marselo, Karvaxal, Kazemiro, Kroos, Isko, Modrich (Valverde, 80), Beyl (Rodrigo, 67), Benzema.
Zaxira: Kurtua, Mendi, Odriosola, Vinisius, Yovich.

Ogohlantirishlar: Vidal (7), Modrich (32), Pina (45+1), Ramos (63), Duarte (79), Militao (81).


Uchrashuv yakunlandi. "Real" qiyin, lekin muhim g'alabaga erishdi. O'yinnni siz uchun Nodir Abdurasulov matnli translyaciya qildi. Xato va kamchiliklar bo'lgan bo'lsa rozi bo'lasiz. "Real" muxlislarini tabriklab qolamiz.


90+7. Valverde juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Darvozabon to'pni uzatishda xatolikka yo'l qo'ygandi.

Diqqat! Ikkinchi bo'limga oz emas, ko'p ham emas 8 daqiqa qo'shib berildi. O'yinda haqiqatan ham to'xtalishlar bisyor bo'ldi.

90. O'zgarish. Isko endi almashtirilmoqda, Mendi o'yinni kuchaytiradi.

88. "Alaves" oxirgi daqiqalarda hujumlar yomg'irini uyushtirmoqda. Peres qahramonga aylanib ketardiyayayaya!, Marselo qutqarib qoldi, keyingi burchak zarbasidan keyin Isko, undan so'ng Areola to'pga qarshilik ko'rsata oldi. Ikki daqiqa ichida mezbonlar 5 ta burchak zarbasini amalga oshirishdi.

82. O'zgarish. Vakaso o'rnini Garsiya to'ldirdi.

81. Uchrashuvda sariq kartochka olganlar ko'payib ketti. Yana bir ogohlantirish Eder Militaoga ko'rsatildi.

80. O'zgarish. Modrich maydonni tark etdi, Federiko Valverde uning o'rnida harakat qiladi.

79. Duarte to'p uchun kurashda Kazemironi ayamadi va ogohlantirildi.

78. Bugungi uchrashuvni tribunadan 19 357 nafar tomoshabin kuzatib bormoqda.

76. O'zgarish. Pons Pinani almashtirdi.

70. Isko toliqqan ko'rinadi. Tez-tez Zidanga qarab qo'ymoqda.

69. GOL! Karvaxal, 1:2. Modrichning uzatmasidan so'ng Iskoning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi va Karvaxal gol urib ketmoqda.

67. O'zgarish. Beyl o'rnini Rodrigoga bo'shatib berdi.

65. GOL! 11 metrlik jarima zarbasini Lukas Peres bexato amalga oshirdi — 1:1.

63. "Alaves" qarshi hujumini Ramos to'xtatib qoldi va ogohlantirildi. Penalti!

63. Beylning uzatmasidan keyin Benzema zarba berdi. Noaniq.

60. O'zgarish. Rioxa o'rniga  Burki tushdi.

59. O'yin qoidasini buzish bo'yicha hisob 10:6. Mezbonlar qo'polroq o'ynashmoqda.

56. VAR tizimiga murojaat etilmoqda. Sabab: To'p Modrichning qo'liga tekkan yoki yo'q? Penalti berilmadi. Bu hakamning qarori. Bir tarafdan to'g'ri ham qildi. Modrichning qo'li to'pni topmadi, balki aksi bo'lgandi.

 52. GOL! Serxio Ramos - 1:0. Kroosning jarima zarbasidan keyin Ramos yuzi bilan to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi. 

47. Yomg'ir kuchli yog'moqda. Darvozabonlarga qiyin bo'lishi tabiiy.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


TANAFFUS

45+1. Karvaxalga nisbatan havodagi kurashda qo'pol o'ynagan Pina ogohlantirildi.

— Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Isko to'pga harakat qilgan vaziyatda Xoseluga ham behosdan zarar etkazib qo'ydi. Futbolchi o'rnidan turdi va o'yinni davom ettiradi.

40. Malumot: SHu paytga qadar jamoalar La Ligada 40 bor to'qnash kelishgan — ustunlik "Real" tomonda (34 ta g'alaba, 4 ta mag'lubiyat, 2 ta durang).

37. Kazemiro 20 metrlardan "udaaaaaaaar" berdi! Pachekodan yana bir seyv! Ajoyib darvozabon ekan, mahoratli. Hozircha "Real" futbolchilarining zarbalariga chidab bermoqda.

36. Benzema Beylning qanotidan chap oyog'ida aylanma zarba berdi, lekin buni maromiga etkaza olmadi. Endi u Robben yoki Messi emas, deb tanqid qilmoqchi emasmiz. Ammo tan olish kerak, uning kuchli zarba bera oladigan quroli — bu o'ng oyoq hisoblanadi.

34. Lukas Peres mahoratini ishga solib zarba berdi, Areola qaytarishga ulgurdi. Qo'shimsachiga yon qanot hakami "ofsayd" borligini qayd etib turgandi.

32. Modrich sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

30. Iskodan ZARBAAAA! 14-hududga yaqin joydan berilgan erlatma zarbaga Pacheko chiqdi. Kuchli zarba bo'lgandi.

29. Mezbonlar burchak zarbasiga ega bo'lishdi. Bu standart vaziyatdan esa foyda bo'lmadi. Endi ular ortga, o'z poziciyalariga qaytishmoqda. 

27. Marseloning uzatmasidan so'ng Beyl oyog'ining tashqi tomoni bilan zarba berdi-kuuu, ammo to'p darvozabonning qo'liga borib tushdi.

25. Peres havodan kelgan to'pni bir amallab o'ziga bo'ysundira oldi va Areola darvozasi tomon zarba berishga ham muvaffaq bo'ldi. Kuchsiz...

13. "Real" sekin-asta o'yinga kirishib boryapti. Bu safargi Iskoning uzatmasi zarbaga aylanib ketti va Pacheko o'z o'rnida.

10. Iskoooo! Uning uzatmasiga hech kim reakciya ko'rsata olmadi...

7. Aleish Vidal, "Barselona"ning sobiq futbolchisi ogohlantirildi. Raqib jarima maydonida aktyorlik mahoratini ishga solgan holda yiqilib berdi. Bu vaziyat hakamning burnini tagida bo'lgani uchun bu nayrang samara bergani yo'q.

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика