La Liga etakchilaridan biri "Oltin butsa" sohibi bilan shartnoma imzoladi
02 sen 14:30
Yangiliklar


La Liga etakchilaridan biri "Oltin butsa" sohibi bilan shartnoma imzoladi
Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi "Lion"ning gruziyalik hujumchisi Jorj Mikautadze bilan bitim tuzdi.
"Lion" o'zining rasmiy sayti orqali transfer haqida malum qildi.
24 yoshli futbolchi 36 mln evro evaziga "Vilyarreal"ga o'tmoqda. Bu summaning 31 millionini "Lion" olishi kafolatlangan, qolgan 5 millionini esa bonus sifatida oladi. Shartnomaga ko'ra, Franciya klubi Mikautadzening kelajakdagi qayta sotilishining 10 foizini o'zida saqlab qoladi.
"Vilyarreal" La Liganing 3-turidan so'ng 7 ochko jamg'argan "Barselona" bilan turnir jadvalida 3-o'rinni bo'lishib turibdi. Bundan tashqari, "sariq suvosti kemasi" 2025/26 yilgi Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar