Rasman: Gyundogan "Man Siti"dan "Galatasaroy"ga o'tdi. Transfer turk klubiga tekinga tushdi
03 sen 01:15
Yangiliklar
Rasman: Gyundogan "Man Siti"dan "Galatasaroy"ga o'tdi. Transfer turk klubiga tekinga tushdi
Gyundogan turk grandi safiga borib qo'shildi.
34 yoshli germaniyalik yarim himoyachi turk klubi bilan 2027 yil yozigacha shartnoma tuzdi. "Galatasaroy" "Siti" Ilkayni bepul qo'yib yuborganini malum qildi. Turkiyada Gyundogan yiliga soliqlar chegirilgandan so'ng 4,5 million evro daromad oladi.
Gyundogan "shaharliklar" tarkibida ikki davr mobaynida (2016-2023, 2024-2025) 14 ta sovrin, jumladan, APLda 5 ta chempionlik va Chempionlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan.
U klub safida barcha turnirlar doirasida 358 ta o'yin o'tkazib, 65 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar