So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  1 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  2 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  8 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  22 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Igor Sergeev: "Shkvirin va Ahmedovni ortda qoldirdim? Termada shaxsiy statistika emas, jamoa manfaati muhimroq" Yangiliklar

Igor Sergeev: "Shkvirin va Ahmedovni ortda qoldirdim? Termada shaxsiy statistika emas, jamoa manfaati muhimroq"

CAFA Nations Cup 2-turidan o'rin olgan Turkmanistonga qarshi o'yindan so'ng (2:1) O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– O'yin haqida taassurotlaringiz...

– Matbuot anjumanida aytganimdek, Xudoga shukr, g'alaba qozondik. Umuman olganda, o'yinni yaxshi boshladik, to'g'ri, bazi mayda xatolar bo'ldi, lekin yaxshi boshladik, gol urdik, o'yinni nazorat qildik, ikkinchi golni ham kiritdik. Keyin vaziyat biroz murakkablashdi, qizil kartochka ishimizni qiyinlashtirdi, ustiga-ustak darvozamiz tomon penalti belgilandi. Xullas, yigitlarga barakalla deyman, g'alabani saqlab qolishdi. Barcha futbolchilar kuch-g'ayratini ayamadi. Endi eng muhimi – tiklanish va keyingi o'yin haqida o'ylash.

– Dublingiz orqali terma jamoadagi gollar soni bo'yicha Igor Shkvirin va Odil Ahmedovni ortda qoldirdingiz.

– Ha, menga bu haqda savollar berishdi. Men bu haqda o'ylamayman. Aslida, matbuot anjumanida aytganimdek, terma jamoa uchun gol urish doimo yoqimli. Ha, gol urishni xohlayman, lekin men terma jamoadaman. Bu erda shaxsiy statistika yoki ko'proq gol urish haqida emas, balki jamoa manfaati haqida o'ylash kerak. Agar pas berish kerak bo'lsa, albatta pas beraman, chunki terma jamoaga natija kerak. Shaxsiy statistikaning ahamiyati yo'q. Zarur bo'lsa, murabbiyning ko'rsatmalarini bajarish kerak. Odil Ahmedov va Igor Shkvirin haqida o'ylamagandim. Ochig'ini aytsam, hozir menga aytilgan fakt haqida ham bilmasdim. Men bu malumotlarni ko'rmaganman. Bundan keyin ham ko'proq gol urishga harakat qilaman.

– Bugungi o'yindagi gollar tafovuti turnir jadvalimizdagi yakuniy o'rnimizga tasir qilib qolmaydimi?

– Ha, lekin aslida hozir bizda hamma ko'rsatkichlar bir xil-ku, to'g'rimi? Gollar bo'yicha ham durang, O'mon ham 2:1 hisobida g'alaba qozondi, biz ham 2:1 hisobida yutdik. Menimcha, qirg'izlar bilan o'yin hal qiluvchisi bo'ladi. Shunchaki g'alaba qozonish emas, balki iloji boricha ko'proq gol urishga harakat qilamiz. O'monning uchinchi o'yinni qanday o'tkazishini vaqt ko'rsatadi. Birinchi o'ringa chiqish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz. 

– Tarkib ekstremental ekanligi tushunarli. Lekin bizning terma jamoamiz yirikroq g'alaba qozonishi kerakdek tuyulmayaptimi? Biz ham 2019 yil Osiyo kubogida Turkmanistonni 4:0 hisobda mag'lub etgan edik. 

– Bu futbol. Bugun, aslida, birinchi bo'limni 2:0 hisobida yakunladik, ammo deyarli ikkinchi bo'lim boshlanishida qizil kartochka oldik, bu ham o'z tasirini ko'rsatdi. Qizil kartochka bo'lmaganida, ehtimol, ko'proq gol urardik. Futbolda har safar bir xil natija bo'lavermaydi. Shuning uchun avvalroq aytganimdek, yigitlar rahmat, g'alabani saqlab qolishdi. Garchi yangi o'yinchilar bo'lsa-da, ular hali to'liq jamlana olmagan, ko'pchiligi uzoq vaqtdan beri birga o'ynamagan bo'lsa-da, g'alabani qo'ldan chiqarishmadi. Ha, moslashish uchun, taktik ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun vaqt kerak. Har bir o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Bu O'mon bo'ladimi yoki Qirg'iziston bo'ladimi, ehtimol, statistika yoki boshqa ko'rsatkichlarga ko'ra katta hisobda yutishimiz kerakdir. Lekin bu futbol, aynan shuning uchun ham u qiziqarli.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика