Kurtua maydonga qaytmasdan yana jarohat orttirib oldi
19 mar 2024 22:45
Yangiliklar
Kurtua maydonga qaytmasdan yana jarohat orttirib oldi
Madridning “Real” klubi rasmiy sayti orqali darvozabon Tibo Kurtuaning yangi jarohati haqida bayonot elon qildi.
Bayonotda aytilishicha, tekshiruv natijasida Kurtuaning o'ng tizzasida jarohat aniqlangan. Belgiyalik futbolchi seshanba kungi mashg'ulot vaqtida shikastlandi.
Takidlash joiz, Tibo Kurtua 2023/2024 yilgi mavsumda hali maydonga tushmagandi. Darvozabon mavsum boshlanishidan avval chap tizzasini shikastlab olgandi. Kurtua uzoq vaqt davolandi va mashg'ulotlarga qaytdi. Madrid klubi Tibo Kurtua yangi jarohat tufayli qancha vaqt maydonga tushmasligini hali malum qilgani yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar