Kurtua jarohati sabab Belgiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi
08 okt 2020 16:40
Yangiliklar
Kurtua jarohati sabab Belgiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi
Belgiya terma jamoasi posboni Tibo Kurtua jarohati sabab terma jamoaning yaqin o'yinlarida yordam bera olmaydi.
"Real" darvozaboni Belgiya termasi ixtiyorini tark etdi va mushaklaridagi muammo sabab Madridga qaytadi.
SHunday ekan Kurtua bugungi Kot-d'Ivuarga qarshi o'rtoqlik o'yinini, shuningdek Millatlar Ligasi doirasidagi Angliya (11 oktyabr) va Islandiya (14 oktyabr)ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Kurtua La Liga 6-turi doirasidagi 18 oktyabrda bo'lib o'tadigan "Kadis"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi kerak.
Fikrlar