Kurtua jarohat olgach, Keylor Navas "Real Madrid"ga qaytishga urinib ko'rgan
01 jan 2024 16:21
Yangiliklar
Kurtua jarohat olgach, Keylor Navas "Real Madrid"ga qaytishga urinib ko'rgan
"Marca"ning yozishicha, avgust oyida Kosta-Rika termasi darvozabonining agenti uning xizmatlarini ispan klubiga taklif qilgan.
Biroq "Madrid" Kepa Arrisabalagani "CHelsi"dan ijaraga olishni maqul ko'rgan.
Yodingizda bo'lsa, Navas 2014 - 2019 yillarda "Real" sharafini himoya qilgan. "Qaymorqanglilar" safida u Ispaniya chempionati va Superkubogini qo'lga kiritgan, uch bor CHempionlar Ligasi va UEFA Superkubogida zafar quchgan, yana to'rt marta klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'lgan.
Ayni damda Navas PSJ darvozaboni hisoblanadi, ammo jamoada asosiy tarkib vakili emas. 37 yoshli golkiper bu mavsum francuz klubi safida rasmiy uchrashuvda maydonga tushganicha yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar