"Real" Sebalosning o'rniga 60 mln evrolik futbolchini sotib olishi mumkin
27 dek 19:55
Yangiliklar
"Real" Sebalosning o'rniga 60 mln evrolik futbolchini sotib olishi mumkin
Manbaning takidlashicha, o'tgan yozda "qaymoqranglilar" niderlandiyalik futbolchini 29 yoshli Daniel Sebalosga o'rinbosar sifatida ko'rayotgan edi. “AZ Alkmaar” Smitni qishki transfer oynasida qo'yib yubormoqchi emas va uning kelajakdagi sotuvidan taxminan 60 million evro ishlab olmoqchi. Yarim himoyachiga "Real"dan tashqari "Barselona”, "Manchester Yunayted”, "Nyukasl" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Smit barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 22 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar