Kurtua: "Agarda u bo'lmaganida "Barselona" ko'p o'yinlarda ochko yo'qotgan bo'lardi"
19 mar 2023 12:51
Yangiliklar
Kurtua: "Agarda u bo'lmaganida "Barselona" ko'p o'yinlarda ochko yo'qotgan bo'lardi"
Ushbu mavsumda kataloniyaliklar 25 o'yinning 19tasida gol o'tkazib yuborishmadi. Bu LaLiga tarixidagi rekord hisoblanadi.
"Ter SHtegenda o'sish bor deb o'ylamayman. U doimo ajoyib darvozabon bo'lib kelgan. Bazida pasayishlar bo'ladi, omad kelmaydi va axmoqona gollar o'tkazib yuborish mumkin. Ammo bunda hech nima o'zgarmaydi. Hozir unda barchasi yaxshi ketmoqda. Qachonki darvozabon o'zida o'sishni xis qilsa, yanada kuchliroq bo'ladi.
Ushbu mavsumda "Barselona" himoyada yaxshi o'ynamoqda, ammo ko'plab vaziyatlarda ter SHtegen qutqaryapti. Ular ko'p o'yinlarni 1:0 hisobida yutishdi. Agarda ter SHtegen bo'lmaganida "Barselona" o'sha o'yinlarining ayrimlarida durang o'ynagan bo'lardi. "Barselona"ning 9 ochko oldinlab ketishiga ter SHtegenning ham hissasi yuqori. Unga doimo eng yaxshi tilaklarni tilaganman, faqatgina "Real"ga qarshi o'yinlarda emas.
Ter SHtegen oyoqda mendan ko'ra yaxshiroq o'ynaydi, men esa havoda, chunki mening bo'yim uzunroq. Ammo zarbalarni qaytarishda ikkimiz ham zo'rmiz", - dedi "Real" posboni.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar