So’nggi yangiliklar

21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  0 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  0 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  0 20:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  33 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  13 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1

Kun tarixi. "Nasaf" OFK kubogini qo'lga kiritganiga 4 yil to'ldi Yangiliklar

Kun tarixi. "Nasaf" OFK kubogini qo'lga kiritganiga 4 yil to'ldi

2011 yilning 29 oktyabr kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi o'zbek futboli tarixida yangi sahifa ochgan kun sifatida tarixda qolgan.


"Nasaf" jamoasi 2011 yilgi mavsum davomida OFK kubogini ko'tarinki ruhda olib borishgandi. Guruh bosqichi doirasidagi barcha uchrashuvlarda raqiblar o'ta yirik hisoblarda tor-mor etilgandilar. Anatoliy Demyanenko shogirdlari pley-off bosqichini ham ancha ishonchli o'tkazib turnirning hal qiluvchi bahsiga qadar etib borishadi.

Quraga ko'ra final bahsi Qarshi shahrida o'tkazildi. Finalga juda katta tayyorgarlik ko'rgan qarshiliklar Kuvaytning “Kuvayt SK” jamoasini 2:1 hisobida dog'da qoldirib, OFK kubogi g'olibiga aylangandilar.

"Nasaf" jamoasi o'zbek klublari ichida xalqaro musobaqada g'olib chiqqan ilk klub sanaladi.

Oradan to'rt yil o'tib "Nasaf" jamoasi o'zining ikkinchi katta sovrinini qo'lga kiritdi. Yaqindagina Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" O'zbekiston kubogida ilk bor zafar quchgandi.

Qizig'i, bu safar ham "Nasaf" oktyabr oyida o'zining katta g'alabasini tantana qildi.

Tarixiy o'yin qaydnomasi:

OFK kubogi - 2011.

Final.

NASAF - Kuvayt SK - 2:1 (0:0)

2011 yil, 29 oktyabr. Qarshi. "Markaziy" stadion. 15753 tomoshabin.

Hakamlar: Kim Don Jin, Jeon Xayi San, Li Jun Min (Janubiy Koreya).

Gollar: SHomurodov, 62 1:0. Pereplyotkins, 64 2:0. Kabi, 69 2:1.

Nasaf: Murodjon Zuhurov, Botir Qoraev (s), Boyan Malishich, Maqsud Karimov, Jahongir Jiyamurodov, Lutfulla To'raev, Erkin Boydullaev, Andrey Pereplyotkins, Artur Gevorkyan, Ilhom SHomurodov (Fozil Musaev, 84), Ivan Boshkovich (Artyom Filiposyan, 90+4).

Kuvayt SK: Xolid Fadhli, Yoqub Tohir, Fahad Avad, Rafat Jobir, Husayn SHammari (Ali Alkandari, 81), Lassana Fane, Rojerio, Ahmad Saboh (Abdulloh Buraiki, 61), Nosir Al Qahtoni, Xolid SHammari, Landri Kabi.

Uchrashuv komissari: Abdul G'afur Hamid (Maldiv orllari).

Ogohlantirishlar: Kabi, 26. Ahmad Saboh, 35. Husayn SHammari, 49. Zuhurov, 88. Malishich, 89.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика