Kuman Veynaldumni "Barselona"da ko'rmoqchi
20 avg 2020 14:47
Yangiliklar
Kuman Veynaldumni "Barselona"da ko'rmoqchi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumga qiziqmoqda.
So'nggi bir necha oy davomida Veynaldum va "Liverpul" shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olishmayapti. Bitim 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Xabarlarga ko'ra, Kuman hamyurtini "Barselona"da ko'rmoqchi va uni Angliya klubi bilan yangi shartnoma imzolamaslikka undamoqda.
Veynaldum - Rotterdamning "Sparta" klubi tarbiyalanuvchisi. O'yinchi "Liverpul"ga 2016 yilning yozida "Nyukasl Yunayted"dan o'tgan edi. U Kuman qo'l ostida Niderlandiya terma jamoasida 2018 yildan beri o'ynaydi.
Futbolchi joriy mavsum klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
03:09
"Olovga moy sepgan" Yamal yoxud "Real" futbolchilari nega "Barsa" azosiga tashlanib qolishdi? 35
22:22
La Liga. "Real" "olovli" o'yinda Mbappe va Bellingemning goli evaziga "Barselona"ni mag'lub etdi 353
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Fikrlar