Kuman Lukakuni "Barsa"da ko'rishni istagan, biroq...
16 sen 2020 23:10
Yangiliklar
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kumanning asosiy transfer maqsadi edi, deb xabar bermoqda Kataloniyaning Esport3 telekanali.
Manbaga ko'ra, belgiyalik hujumchi 57 yoshli mutaxassis uchun hujum chizig'ini kuchaytirishning ustuvor varianti bo'lgan, ammo qiyin iqtisodiy vaziyat tufayli "Barselona" forvard bilan shartnoma imzolay olmadi.
Kuman 27 yoshli futbolchini "Barsa"dan ketishga yaqin turgan hujumchi Luis Suaresga o'rinbosar sifatida ko'rgan.

Malumot uchun, murabbiy Lukaku bilan 2016 yildan 2017 yilgacha "Everton"da birga ishlagan. Belgiyalik o'shanda 37 uchrashuvda 25 ta gol urgan.
Forvard 2019/20 yilgi mavsumda A Seriyada 36 uchrashuv o'tkazdi va 23 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar