Kuman Grizmanning so'zlari haqida: “Murabbiy buyruq beradi, futbolchi esa o'zini maksimal ko'rsatishi kerak”
16 okt 2020 21:45
Yangiliklar
Kuman Grizmanning so'zlari haqida: “Murabbiy buyruq beradi, futbolchi esa o'zini maksimal ko'rsatishi kerak”
Avvalroq, Antuan Grizmann Franciya TJ safidagi o'yindan so'ng bosh murabbiy Dide Desham uni qaysi poziciya qo'yishni bilishini aytgandi.
“Barselona” ustozi Ronald Kuman uning so'zlariga izoh berdi.
“Har kim o'zi xohlagan narsani aytishga haqli. Kecha u bilan gaplashgandik, ammo bu haqida emas. Biz uning poziciyasi va samaradorligi haqida suhbatlashdik. Jamoa uchun yaxshi variantlarni izlamoqdaman va u o'ng qanotda boshlashi kerak bo'lsa, demak shunday qilish kerak deb o'ylayman. SHuningdek, u “o'nlik” yoki “to'qqizlik” poziciyasida ham o'ynay oladi, qarorni men qabul qilaman, u esa maksimal darajasini ko'rsatishi lozim.
Grizmann qo'ldan kelgancha harakat qilmoqda va unga omad ham keladi, ammo u tavakkal qilishi zarur. Murabbiy buyruq beradi, u esa borini bag'ishlashi kerak”, deydi Kuman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar