Kuman: "Barselona" - orzuimdagi klub, Niderlandiya terma jamoasini esa katta kelajak kutmoqda"
19 avg 2020 15:25
Yangiliklar
Kuman: "Barselona" - orzuimdagi klub, Niderlandiya terma jamoasini esa katta kelajak kutmoqda"
Niderlandiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman o'zining "Barselona"ga o'tganligi haqida gapirdi.
"Men uchun Niderlandiya terma jamoasini boshqarish faxr bo'ldi. So'nggi ikki yarim yil davomida "to'q sariqlar"ning muvaffaqiyatga erishishi uchun qo'limdan kelgan barchasini qildim.
Bu davr mobaynida esa nimalarga erishganimizni ko'rib g'ururlanaman. Niderlandiya terma jamoasining katta kelajagi bor, bu orada ishonchim komil.
Barcha biladiki, "Barselona" - orzuimdagi klub. Jamoani boshqarish men uchun muhim narsa", - deydi Kuman.
Eslatib o'tamiz, 57 yoshli mutaxassis 2018 yildan beri Niderlandiya terma jamoasini boshqarayotgan edi. Kuman o'yinchi sifatida 1989-1995 yillar davomida "Barselona" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar