Kulibali "CHelsi"dan ketish sababini aytdi
27 iyu 2023 20:33
Yangiliklar
Kulibali "CHelsi"dan ketish sababini aytdi
"Al Hilol" himoyachisi Kalidu Kulibali "CHelsi"dan ketish sababini aytdi.
"CHelsi" men uchun katta tajriba vazifasini o'tadi. Biroq men zaxirada qolib ketishni istamayman. Meni qaerda qadrlashsa, o'sha erda bo'lishni xohlayman", - dedi futbolchi.
Kulibali 2022 yil yozida "Napoli"dan "CHelsi"ga 38 mln evro evaziga o'tgandi. Senegallik futbolchi Londonda 1 mavsum o'ynadi va 23 mln evro evaziga "Al Hilol"ga transfer bo'ldi.
O'tgan mavsumda 32 yoshli markaziy himoyachi barcha turnirlarda 32 o'yinda qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar