So’nggi yangiliklar

20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  0 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  19 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  20 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  31

"Kuchli-uchlik"dan tushmayotgan ikki jamoa (FOTO) Yangiliklar

"Kuchli-uchlik"dan tushmayotgan ikki jamoa (FOTO)

Oliy ligada oxirgi 5 mavsumdan buyon ikkita jamoa "kuchli-uchlik"ni tark etmayapti.

Qarshining "Nasaf" jamoasi Ro'ziqul Berdiev qo'l ostiga o'tganidan buyon sovrindorlar ro'yxatidan tushib qolmayapti.
"Ajdarlar" ketma-ket to'rt marotaba bronza medallarini qo'lga kiritishdi va joriy mavsumda kumush medallariga ega chiqishdi. SHu tariqa qarshiliklar Berdiev boshchiligida har safar mavsumni sovrindor sifatida yakunlashmoqda.


Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi so'nggi oltita mavsumni ancha muvaffaqiyatli o'tkazmoqda.
"Temiryo'lchilar" 2012 yildan buyon "kuchli-uchlik"dagi o'rinlarini hech kimga berishmayapti. "Lokomotiv" jamoasi barcha sovrinlarga bosqichma-bosqich, asta-sekinlik bilan erishdi.

Dastlab jamoa 2012 yili bronza medallarini naqd qilgandi. Keyinchalik ikki mavsum (2013, 2014, 2015) mamlakat chempionatining kumush medallariga sazovor bo'lishdi.
Oxirgi ikki mavsumda esa jamoa chempionlik shohsupasidan pastga tushmayapti.

SHuni alohida qayd etish kerakki, bu ikki jamoalar ushbu mavsumlar oralig'ida O'zbekiston kubogi sohibi bo'lishga ham ulgurishdi. "Lokomotiv" 2014 hamda 2016 yillari kubokka egalik qilgan bo'lsa, "Nasaf" 2015 yilda o'z tarixida ilk bor O'zbekiston kubogi sohibiga aylangandi.

CHempionatimizning oxirgi 5 yilligidagi eng barqaror jamoa sifatida aynan "Lokomotiv" hamda "Nasaf"ni etirof etish mumkin.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика