Kroos Kukurelyaning qo'li haqida: "Hakam penalti qo'yishni xohlamadi"
18 iyu 19:08
Yangiliklar
Kroos Kukurelyaning qo'li haqida: "Hakam penalti qo'yishni xohlamadi"
Toni Kroos to'p Mark Kukurelyaning qo'liga tekkan vaziyat haqida gapirdi.
Vaziyat Ispaniyaga qarshi Evro-2024 chorak final bahsi chorak finalida jarima maydonchasi ichida sodir bo'ldi. Bosh hakam Entoni Teylor penalti belgilamadi.
"Bugungacha jim yurdim, ammo vaziyatni qaytadan ko'rib, jahlim chiqdi.
O'yin paytida vaziyatni yaxshi ko'ra olmagan edim. Bu toza qo'l ekanligini ko'rishga imkon bo'lmadi. Hakamga qaradim. U vaziyatni qaytadan ko'rishi kerak emasligini aytdi, VAR assistenti ham shunday deb hisobladi.
Hech bo'lmasa ko'rish kerak edi. U ekran oldiga borsa, penalti qo'yish kerakligini yaxshi tushungan edi" - dedi Kroos.
Fikrlar