Krishtianu Ronaldu Londonda uchralgan mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?
02 noy 2017 20:32
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu Londonda uchralgan mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu CHempionlar ligasi 4-turi doirasida "Tottenxem"dan uchralgan mag'lubiyat (1:3)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu futbol - bazida yutasan, bazida yutqazasan. Mag'lubiyatni hisobga olsak, biz yaxshi harakat qila olmadik. Oldinga intilishimiz kerak, chunki futbol o'zgarmoqda.
Qo'rqinchli hech narsa sodir bo'lmadi, shunchaki bizda omadsiz seriya. Hech kim ideal emas. Hozir o'zimiz istagan jamoa bo'la olmayapmiz, lekin ishonch bizni tark etmagan. Vaziyatdan xabardormiz va uni o'zgartirish uchun zarur choralarni ko'ramiz. Biz bir-birimizni qo'llashimiz kerak. Bizning omadsizlik ishga munosabat bilan bog'liq deb o'ylamayman. Biz berkinmaymiz. SHunchaki, ishlaymiz", - dedi Ronaldu.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar