So’nggi yangiliklar

02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  16 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  2 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  6 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  3 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  3 19:06"Пахтакор" клуби спорт директори "Бунёдкор" стадиони майсаси ҳақида нима дейди?  18 19:00"Пахтакор-79" хотирасига ўтказиладиган учрашувга Россия терма жамоасидан Тошкентга кимлар келади?  22

Ko'zni yumib ham JCHga chiqsa bo'ladigan musobaqa Yangiliklar

Ko'zni yumib ham JCHga chiqsa bo'ladigan musobaqa

Ertaga, 3 aprel kuni navbatdagi U-17 Osiyo chempionati start oladi.

O'smirlar o'rtasidagi ushbu qita birinchiligi 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Musobaqa mezbonligini Saudiyaga berish 2024 yilning 24 may kuni OFK tomonidan rasman malum qilingandi.


Bu o'ziga xos yubiley musobaqa bo'ladi. Sababi U-17 Osiyo chempionati 20-bor tashkil qilinmoqda. Odatga ko'ra, turnirda 16ta jamoa ishtirok etadi va jamoalar 4tadan 4 guruhga bo'lingan. Quyida guruhlar hamda o'yinlar boshlanish vaqtini Toshkent vaqti bilan keltirib o'tamiz.


A guruhi - Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Tailand, Xitoy.

3 aprel. 20:00. O'zbekiston - Tailand

3 aprel. 22:15. Saudiya Arabistoni - Xitoy

6 aprel. 20:00. Xitoy - O'zbekiston

6 aprel. 22:15. Tailand - Saudiya Arabistoni

9 aprel. 22:15. Tailand - Xitoy

9 aprel. 22:15. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston


B guruhi - Yaponiya, Avstraliya, Vetnam, BAA.

4 aprel. 20:00. Avstraliya - Vetnam

4 aprel. 22:15. Yaponiya - BAA

7 aprel. 20:00. Vetnam - Yaponiya

7 aprel. 22:15. BAA - Avstraliya

10 aprel. 20:00. Yaponiya - Avstraliya

10 aprel. 20:00. Vetnam - BAA


C guruhi - Janubiy Koreya, Yaman, Afg'oniston, Indoneziya.

4 aprel. 20:00. Janubiy Koreya - Indoneziya

4 aprel. 22:15. Yaman - Afg'oniston

7 aprel. 20:00. Indoneziya - Yaman

7 aprel. 22:15. Afg'oniston - Janubiy Koreya

10 aprel. 22:15. Janubiy Koreya - Yaman

10 aprel. 22:15. Afg'oniston - Indoneziya


D guruhi - Eron, Tojikiston, Ummon, KXDR.

5 aprel. 20:00. Tojikiston - Ummon

5 aprel. 22:15. Eron - KXDR

8 aprel. 20:00. KXDR - Tojikiston

8 aprel. 22:15. Ummon - Eron

11 aprel. 22:15. Ummon - KXDR

11 aprel. 22:15. Eron - Tojikiston



Islom Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi guruh bahslarini Taifda o'tkazadi Dastlabki ikki bahs "Okaz" stadonida kechsa, Saudiya Arabistoniga qarshi oxirgi tur uchrashuvi "Qirol Fahd" stadionida bo'lib o'tadi.


O'yinlar boshlanish vaqti biz uchun birmuncha noqulay. Sababi mahalliy vaqt bilan dastlabki ikkita o'yinni 18:00da boshlaymiz. Faqat mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuv 20:15da start oladi. Shunga qaramay yosh futbolchilarimizdan sabrli bo'lishni hamda oxirigacha kurashishni kutib qolamiz.


Tarixda birinchi marta Jahon chempionatida 8ta jamoa!


Ha, shunday. FIFA U-17 jahon chempionati ishtirokchilarini ko'paytirishga va musobaqani har yil o'tkazishga qaror qildi. Masalan, avvalgi yillari Osiyoga to'rtta yo'llanma berib kelingan bo'lsa, endilikda 8ta yo'llanma tortiq etildi. Bu degani guruhdan chiqqan barcha 8 jamoa shu bilan birga JCH yo'llanmasiga ham ega bo'ladi.


U-17 Jahon chempionati 2025 yildan to 2030 yilga qadar faqat Qatarda tashkil etiladi. Yangi formatdagi ilk musobaqa shu yilning 3-27 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. Endilikda ushbu yoshdagi mundialda 48ta jamoa qatnashadi.


Agar guruhdan chiqsak, chorak final o'yinini 13 aprel kuni B guruhi jamoalaridan biriga qarshi o'tkazamiz. B guruhida Yaponiya, Avstraliya, Vetnam, BAA o'zaro bahs olib boradi. 17 aprel yarim final uchrashuvlari o'tkazilsa, 20 aprelda musobaqaning hal qiluvchi final o'yini bo'lib o'tadi. Yana bir malumot, 3-o'rin uchun bahs o'tkazilmaydi.


Biz uchun eng oson musobaqa


Hali hech qachon o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlarida Jahon chempionatiga chiqish uchun bu qadar yaqin kelmagandik. Oldingi turnirlarda guruhdan chiqib ham chorak finaldan o'tsakgina JCH yo'llanmasiga ega bo'lardik. Endi bo'lsa hammasi yanada osonlashdi. Guruhdan chiq va JCH yo'llanmasiga ega bo'l.


Lekin bu degani guruhdan chiqish ham osonlashdi degani emas. Chunki raqiblarimiz ham qulay imkoniyatdan foydalanishga harakat qiladi. Albatta, Saudiya Arabistoni guruh favoriti sifatida ko'rinmoqda. Shuningdek, Tailand bilan Xitoyni ham esdan chiqarmaslik lozim.


Tarkibimizda kimlar bor?


Quyida U-17 Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi tarkibini keltirib o'tamiz. Bosh murabbiy Islom Ismoilov mazkur musobaqada ishtirok uchun 23 nafar futbolchini tanlab olgan.


#1 Ibrohim Shokirov 18.03.2008 (darvozabon, "Paxtakor")

#2 Hojiakbar Botiraliev 02.01.2008 (himoyachi, "Navbahor")

#3 Muhammad Hakimov 04.10.2009 (himoyachi, "Paxtakor")

#4 Mo'minxon Bahodirxonov 30.03.2008 (himoyachi, Odil Ahmedov FA)

#5 Amirxon Muradov 15.06.2008 (himoyachi, "Paxtakor")

#6 Miraziz Abdukarimov 11.05.2008 (himoyachi, "Paxtakor")

#7 Sadriddin Hasanov 21.05.2008 (yarim himoyachi, "Bunyodkor")

#8 Akbar Muhammadov 30.05.2008 (yarim himoyachi, "Paxtakor")

#9 Nurbek Sarsenbaev 27.09.2008 (hujumchi, "Jayxun")

#10 Muhammad Habibullaev 29.01.2008 (yarim himoyachi, "Lokomotiv")

#11 Sayfiddin Sodiqov 27.06.2008 (yarim himoyachi, Odil Ahmedov FA)

#12 Bahodir Izboskanov 22.07.2008 (darvozabon, "Bunyodkor")

#13 Abdulloh Fazliddinov 21.01.2008 (himoyachi, OKMK)

#14 Behruz Saidmurodov 09.02.2008 (himoyachi, "Paxtakor")

#15 Muhammadali Musoxonov 18.12.2008 (himoyachi, Odil Ahmedov FA)

#16 Azizbek Abdumo'minov 04.11.2008 (yarim himoyachi, "Mashal")

#17 Jamshidbek Rustamov 26.03.2008 (yarim himoyachi, Odil Ahmedov FA)

#18 Abubakir Shukurullaev 02.02.2008 (yarim himoyachi, "Paxtakor")

#19 Azizbek Erimbetov 04.04.2008 (yarim himoyachi, "Jayxun")

#20 Asilbek Aliev 01.01.2009 (hujumchi, Odil Ahmedov FA)

#21 Nematulloh Rustamjonov 17.03.2008 (darvozabon, Odil Ahmedov FA)

#22 Faridjon Abdullaev 13.08.2008 (yarim himoyachi, Toshkent FA)

#23 Dilyorbek Mahmudjonov 03.12.2008 (himoyachi, "Andijon")


O'smirlarimizga bo'lajak Osiyo chempionatida omad tilab qolamiz. Yurtimizga 2012 yilda bo'lgani kabi chempion bo'lib qaytish nasib qilsin.


X.Xoliqov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика