Koutinoning agenti: "Filippe "Barselona" bilan ECHL sovrinini yutish ishtiyoqida"
14 avg 2020 00:19
Yangiliklar
Koutinoning agenti: "Filippe "Barselona" bilan ECHL sovrinini yutish ishtiyoqida"
"Bavariya" tarkibida ijarada o'ynayotgan "Barselona" xavbeki Filippe Koutinoning agenti Kia Jurabchian mijozining kelajagi haqida gapirdi.
"Ayni damda Koutino ECHLning qolgan o'yinlari haqida o'ylamoqda. U o'zi tegishli bo'lgan klubga qarshi o'ynaydi. Demak, barchasi jiddiy.
U "Barselona"ga qarshi o'ynaydi albatta. Filippe buni sabrsizlik bilan kutmoqda. Menimcha "Bavariya" "Barselona"ning to'sig'idan o'ta oladi.
ECHLda qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar biz muzokaralarni boshlaymiz. Balki "Barselona" ushbu natijalarga alohida etibor qaratishi ham mumkin.
Filippe APLni yaxshi ko'radi va u erga qaytishni istaydi. Ammo uning transfer summasiga koronavirus borasidagi holat ham tasir qilmoqda", - dedi agent.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar