Koutino CHL finalidan so'ng: "Endi "Barsa"ga qaytishim kerak. Ishlamoqchiman va muvaffaqiyatga erishmoqchiman"
24 avg 2020 17:37
Yangiliklar
Koutino CHL finalidan so'ng: "Endi "Barsa"ga qaytishim kerak. Ishlamoqchiman va muvaffaqiyatga erishmoqchiman"
Transfer huquqi "Barselona"ga tegishli bo'lgan "Bavariya" yarim himoyachisi Filippe Koutino CHempionlar Ligasi finali doirasidagi PSJ (1:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Men hali bu haqda o'ylamadim [kelajagi haqida]. Bu daqiqalargacha faqat final bilan band bo'ldim. Endi men qaytishim kerak ["Barselona"ga]. Ishlashni va muvaffaqiyatga erishishni xohlashimni aytishim mumkin. Ko'ramiz, nima bo'larkin.
Biz ajoyib mavsum o'tkazdik. Boshidan jamoa juda yaxshi tayyorlandi va "Bavariya" haqli ravishda g'alaba qozondi deb o'ylayman. Biz juda baxtlimiz.
Men Neymarga ajoyib mavsum o'tkazganligini va ajoyib futbolchi ekanligini aytdim. U bu titul uchun ham, dunyoning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun ham bir necha bor davogarlik qiladi", - deydi Koutino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar