So’nggi yangiliklar

17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  0 17:21"Қўқон-1912" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  7 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Koronavirusga chalingan futbol shaxslari Yangiliklar

Koronavirusga chalingan futbol shaxslari

Teglar :  koronavirus
Koronavirus nafaqat futbol o'yinlarini to'xtatib qo'ydi, balki "millionlar o'yini"dagi bir necha o'yinchilarga ham tasir qildi.

Daniele Rugani - "Yuventus" futbolchisi. 25 yoshli futbolchi Italiya terma jamoasida ham o'ynaydi. Asosan zaxirada qolib ketadigan futbolchi koronavirusga chalingan ilk futbolchilardan biri bo'ldi va "Yuventus"ning o'yinlari shu bilan to'xtadi. Darhaqiqat, aynan Krishtianu Ronaldu ham sherigida koronavirus aniqlangani sabab Turinga qaytib kelmadi.


Evangelos Marinakis - "Olimpiakos" (Greciya) prezidenti. Ushbu boshqaruvchi koronavirusni yuqtirib olgandan so'ng Evropa Ligasi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o'yin uchun Londonga bordi va u erda ham o'zi bilmagan holda kassalikni boshqalarga yuqtirgani taxmin qilinmoqda.


Mikel Arteta - "Arsenal" bosh murabbiyi. Ispaniyalik mutaxassisga bu kasallikni aynan yuqorida tilga olganimiz, yani "Olimpiakos" xo'jayini Evangelos Marinakis yuqtirgani taxmin qilinmoqda.


Kallum Xadson-Odoi - "CHelsi" futbolchisi (futbolchining o'zi tuzalgani haqida xabar berdi)Afsuski, "CHelsi"ning yangi etakchisiga aylanib borayotgan 19 yoshli futbolchida ham bu kasallik aniqlandi.


Eliakim Mangalya va Esekiel Garay - "Valensiya" futbolchilari. "Ko'rshapalaklar" tarkibida dastlab Garayda koronavirus aniqlandi va u bu haqda o'zining "Instagram" sahifasi orqali ommaga malum qildi. SHundan so'ng, klubdagi barcha shaxslar karantinga olindi va bir necha futbolchilarning tashhislari ham ijobiy chiqdi, jumladan "Siti" sobiq futbolchisi Eliakim Mangalyada ham kasallik aniqlandi. Yuqoridagi rasmda Garay bilan birga uning rafiqasi. Ha, bu rasm ko'p narsadan dalolat beradi.


Manolo Gabbyadini - "Sampdoriya". Bundan oldingi mavsumni APLda, aniqrog'i "Sautgempton"da o'tkazgan futbolchi hozirda "Sampdoriya" sharafini himoya qilmoqda. Hujumchida dastlab tana harorati ko'tarilgan. Aynan Manoloda ushbu kasallik aniqlangandan so'ng klubdagi boshqalar ham tekshirildi va bir necha o'yinchilarda ham ushbu kasallik borligi aniqlandi.


Ahmad Tohiri - Eron futzal terma jamoasi sport direktori (vafot etdi). Eron futzal terma jamoasining sport direktori Ahmad Tohiri hayotdan ko'z yumdi. Mutaxassis koronavirus infekciyasi bilan zararlangandi. Malum bo'lishicha, 4 oy avval Tohirining bosh miyasida og'ir jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan. Buning natijasida uning immun tizimi kuchsizlangan va virusga qarshilik ko'rsata olmagan. 


Francisko Garsiya - "Atletiko Portada Alta" (Malaga) futbolchisi va murabbiyi (vafot etdi). U futbolchilikdan tashqari, o'smirlar jamoasini ham shug'ullantirardi. Garsiya 15 martda vafot etdi. Uning onkologik kasallik bilan bog'liq muammolari bo'lgan va unga koronavirus shu yo'l bilan yuqqan.


Afsuski, yuqoridagi insonlardan tashqari yana bir necha "millionlar o'yini" shaxslari ham ushbu kasallikka chalingan, ammo hammasi tezda ortda qoladi va futbol o'yinlaridan bahra olishni davom ettiramiz.

Reyting: -54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика