Germaniya terma jamoasining ikki nafar futbolchisi koronavirusga chalindi
21 sen 2022 20:31
Yangiliklar
Germaniya terma jamoasining ikki nafar futbolchisi koronavirusga chalindi
Germaniya terma jamoasi futbolchilari Manuel Noyer va Leon Goretckada COVID-19 aniqlandi.
"Bavariya" futbolchilarida test topshirish natijasida musbat natija qayd etilgan. SHu bois, ular izolyaciyaga olingan.
Ikkala futbolchi ham terma jamoa joylashgan lagerni tark etishadi.
Noyer o'rniga terma jamoaga “Xoffenxaym” darvozaboni Oliver Baumann chaqirildi.
Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida 23 sentyabr kuni Vengriyaga qarshi maydonga tushsa, 26 sentyabrda Angliya terma jamoasi bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar