Konte Elizaveta II haqida: "U vafot etmaydigandek tuyulardi. Uning endi yo'qligiga ishonish qiyin bo'ldi"
13 sen 2022 17:15
Yangiliklar
Konte Elizaveta II haqida: "U vafot etmaydigandek tuyulardi. Uning endi yo'qligiga ishonish qiyin bo'ldi"
"So'nggi kunlarda Angliyada sodir bo'lgan voqealar – bu g'ayrioddiy voqelik. Rostini aytsam, payshanba kuni biz hammamiz g'amgin edik, chunki gap vatanga munosib ravishda xizmat qilgan inson haqida bormoqda.
Juma kuni oddiy odam kabi Bukingem saroyiga bordim, chunki men rostan ham oddiy odamman. Men buni uni butun umrimiz davomida eslashimiz kerakligiga ishonganim uchun qildim. Bunday lahzani boshdan kechirish juda achinarli, lekin ayni paytda bu alohida vaqt, chunki qirolicha vafoti haqida gap ketyapti. U 96 yoshda edi. Rostini aytsam, uning endi yo'qligiga ishonish qiyin bo'ldi, chunki u vafot etmaydigandek tuyulardi.
Londondaligimda bunday lahzani boshdan kechirganimni doim qalbimda saqlayman. Qirolichani umrim davomida eslab yuraman", – dedi Konte "Sporting" bilan o'yin oldidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar