Konte: "CHelsi" va "Barselona" o'rtasidagi farq Messida"
15 mar 2018 11:40
Yangiliklar
Konte: "CHelsi" va "Barselona" o'rtasidagi farq Messida"
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Barselona"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan (3:0) so'ng, jamoalar o'rtasidagi farq haqida gapirdi.
"Bugun Messi farqni ko'rsatib berdi. Gap dunyoning eng yaxshi futbolchisi haqida ketmoqda. Javob uchrashuvida biroz omadimiz kelmadi. Ustun va to'sinni 4 marta nishonga oldik.
Ko'plab vaziyatlar yaratdik, biroq gap har mavsum 60tadan gol uradigan Messi haqida ketmoqda. Bu shunchaki top-futbolchi emas, Messi - supertop. U o'yinni "Barselona" foydasiga o'zgartirdi.
Afsuslanadigan narsa yo'q. Bugun bor kuchimizni ishga soldik va bunday hisobdagi mag'lubiyatga loyiq emas edik. Alonso yiqilgan paytda penalti bordek ko'rindi. Biroq olg'a intilishda davom etishimiz kerak - oldinda "Lester" bilan o'yin bor" - deydi Konte.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar