So’nggi yangiliklar

21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  0 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:12"Челси" — "Ливерпуль". Бироздан сўнг бошланадиган ўйиннинг асосий таркиблари билан танишинг  10 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  95 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  15 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  32 18:53Суперлига. "Динамо" Термизда ишончли ғалабага эришди  11 18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  34 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  2 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  3

Kolosovskiy Reglament asosida jarimaga tortildi, ammo... Yangiliklar

Kolosovskiy Reglament asosida jarimaga tortildi, ammo...

PFL rasmiy saytining rus tili sahifasida “Paxtakor” murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy va jamoa hujumchisi Igor Sergeev jarimaga tortilgani hamda ogohlantirilganligi to'g'risidagi xabar chop etildi.
Rasmiy xabarda yozilishicha, “sherlar” ustozi oliy liganing 9-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyin bellashuvni boshqargan hakamlar brigadasi tomon OAVda tanqidiy fikr bildirgani uchun Reglamentning 5.39 va 5.57 bandlariga asosan jarimaga tortilgan hamda ogohlantirilgan. Agar bunday holat yana takrorlansa, jiddiy chora ko'rilishi belgilangan.

“Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeev ham xuddi shu uchrashuvda Reglamentning 5.36 va 5.57 bandlarini buzgan. Natijada u ham jarimaga tortilib, ogohlantirilgan. Albatta Sergeev ham bunday holatni takrorlasa, jiddiy chora ko'rilishi belgilangan.

“Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. SHiddatli o'tgan bahsni o'zbek futbolining deyarli barcha ishqibozi ko'rdi, shu bois o'yindagi vaziyatlarni tahlil qilishga hojat yo'q. Anig'i shuki, bellashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida “sherlar” ustozi Grigoriy Kolosovskiy “Paxtakor” 15 kishiga qarshi o'ynaganini, jamoa foydasiga berilishi lozim bo'lgan penalti belgilanmaganini, vaziyat nazoratchilar tomonidan ko'rib chiqilishini aytib o'tdi.

Kolosovskiy aynan shu gaplari tufayli jarimaga tortildi. CHunki u bu orqali Reglamentning 5.39 bandini buzdi. Keling, o'sha bandda nima yozilganiga ko'z yugurtiraylik.

Belgilangan jazolar qo'llaniladi
5.39 OAVda hakamlar brigadasi tomoniga tanqidiy fikrlar bildirilsa, agar uchrashuv qaydnomasida hakamlikka nisbatan etiroz yozilmagan bo'lsa;

Kolosovskiy hakamlar tomon etiroz bildirgani rost. Bu borada u jarimaga loyiq. Ammo shu erda o'sha bandning ikkinchi qismi ham bor. Yani, “agar uchrashuv qaydnomasida hakamlikka nisbatan etiroz yozilmagan bo'lsa”. “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvining qaydnomasida mehmonlar bellashuvning hakamligiga nisbatan rasman etiroz bildirgan. Demak, Kolosovskiy jarimaga tortilayotganda bandning ikkinchi qismi ham inobatga olinsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

Grigoriy Kolosovskiy Reglamentning 5.57 bandiga ko'ra ham jazolangan. Xuddi shu band bo'yicha Igor Sergeev ham aybdor deb topilgan. Bu bandda quyidagilar yozilgan:

Turli intizom jazolari
5.57 O'zPFL O'FFning Tartib-intizom qo'mitasisiz ham pullik jarimalarni qo'llashi mumkin;

Bu band bo'yicha belgilangan jazoni tushuntirishga hojat yo'q.

Igor Sergeevning o'zi Reglamentning 5.36 bandi bo'yicha ham jazolangan. Mazkur bandda quyidagilar yozib qo'yilgan:

Belgilangan jazolar qo'llaniladi
5.36 Uchrashuv davomida va bellashuvdan keyin odob-ahloq meyorlarini buzgani uchun;
Bu hakamlar brigadasi uchrashuv qaydnomasida Sergeevning hulqi to'g'risida rasmiy malumot bergani bilan bog'liq.

Odatda matbuot anjumanlarida murabbiylar hakamlik haqida fikr bildirishni istamaydi. CHunki Reglamentning 5.39 bandi bor. Lekin aytganimizdek, o'sha bandning ikkinchi qismiga ko'ra, uchrashuv qaydnomasida hakamlikka nisbatan rasman etiroz bildirgan tomon OAVda hakamlar haqida fikr bildira oladi. Fikr bildirsa jazoga tortilmaydi. Ammo “Paxtakor” vakillari jarimaga tortilgani to'g'risidagi rasmiy xabar chiqdi. Aytgancha, shu erda jarima summasining miqdori qancha bo'lishi mumkinligini ham aytib o'tsak.

Grigoriy Kolosovskiy va Igor Sergeev kabi Reglamentning 5.36 va 5.39 bandlari buzgan insonlar quyidagicha jazolanishadi:

a) ogohlantirish;
b) O'zbekiston chempionati, O'zbekiston Birinchiligi va O'zbekiston Kubogi bahslaridan malum muddatga chetlashtirish;
v) 10 million so'mgacha bo'lgan jarima;
g) licenziya bekor qilinishi;
d) futbolga bog'liq barcha vazifalardan nomalum muddatga chetlashtirish;


F.Nishonov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика