So’nggi yangiliklar

09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  0 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  2 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  6 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  11 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  4 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  4 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  6 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  17 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  4 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21

Kollina bosh qosh bo'lgan, Kaka kubokni olib chiqqan, Gvardiola rekordini takrolagan oqshomdan "SA" maqolasi Yangiliklar

Kollina bosh qosh bo'lgan, Kaka kubokni olib chiqqan, Gvardiola rekordini takrolagan oqshomdan "SA" maqolasi

Jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko'rganligini final bilan dunyo nigohini o'ziga tortib olgan Saudiya Arabistonining tashkilotchiligiga 5 baho.

Bundan keyin Saudi Vision 2030 loyihasi asosida bu mamlakatda juda ko'plab sport tadbirlarini kuzatamiz. Qatar va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi raqobat mintaqada sportni oldinga siljishiga sabab bo'lishi aniq. Jahon chempionatining tashkilotchiligini bir so'z bilan tariflash qiyin. Juda katta xarajat kelganini ko'rish mumkin. FIFA xodimlari ham kichik mundialni katta bayramga aylantira olganliklariga guvohi bo'ldik. 




Final gollarga boy bo'ldi. 4 ta to'p farqi bilan qozonilgan g'alabalar soni ikkitaga etdi. Eng qizig'ini aytaman, Pep Gvardiola 2011 yilgi natijasini takrorladi. O'shanda u "Barselona" bilan finalda Braziliyaning "Santos"iga qarshi bahs olib borgan va 4:0 hisobda yutgandi. Bu safar Libertadores Kubogining boshqa bir sohibi "Fluminense" uning raqibi bo'ldi, bu safar ham yirik hisobdagi g'alaba. O'sha oqshomning yana bir esda qoladigan vaziyati, o'yinni Ravshan Ermatov boshqargan. Bugun mutaxassisimiz VIP tribunada o'yinni kuzatdi, kutganmidingiz shunday qiziq malumotni? Yana qo'shimcha qilib aytaman, bugun zamonaviy murabbiylikda yuqori cho'qqida turuvchi ispan hisobidagi JCHning oltin medallari 4 taga etdi.







Finalni ko'rgan bo'lsangiz unga to'xtalib o'tirmayman. Havo ikki jamoani juda qiynadi. Men o'tirgan joyimda mazam bo'lmay dedi, bular qanday o'ynadi xayronman. Nam issiq havoni bulutlar yanada bo'g'ib qo'ydi. Taqdirlash marosimida yomg'ir ham yog'ib berdi. SHundan keyin havoda kislorod paydo bo'ldi. O'yin davomida futbolchilar juda qiynaldilar. "Fluminense" o'yinni "boshlab ulgurmay" gol o'tkazib yuborgani chatoq bo'ldi. Bari bir tajriba o'z so'zini aytdi. 


Musobaqa kubogini afsonaviy Kaka maydonga olib chiqdi. Yaxshi ham 2007 yil Ronaldu va Messining davri boshlanmagan ekan, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritib qolgan braziliyalik o'zini juda yaxshi saqlaganini ko'rdim, selfi! 





Yuqorida yozib o'tganimdek, taqdirlash marosimida yomg'ir yog'ib berdi. Lekin bu bizning ishga xalaqit qilmadi. Aksincha, suratlar zo'r chiqdi. Xoland va De Bryuynega medal berishmadi. Nizomda qanday yozilgan bilmadim. U do'stlarini tabriklash uchun maydonga tushdi ammo yakuniy pallada maydon tashqarisiga chiqib turishga majbur bo'ldi.


Per Luidja Kollina dunyo hakamlarining podshohi. Uni yaqindan ko'raman deb o'ylamagan edim. Ayniqsa "Yuventus" va "Inter" o'rtasida 2002/03 yilgi mavsumdagi o'yin. 90-daqiqada Del Pero hisobni ochadi, Kollina tomonidan qo'shilgan daqiqalarda esa milanliklar posboni Toldo hisobni tenglashtiradi. Ammo suratdagi amaki golni o'sha paytdagi afsona Veri hisobiga yozadi.

 




Arab shayxlari Gvardiolaga alohida tashakkur bildirdilar. Bilasiz, "Manchester Siti" aynan arab boylari yordamida bugungi darajasiga chiqdi. 

Bolalar futboli musobaqalarida o'zining moddiy yordamini ayamayotgan AKFA kompaniyasiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Maqola yozishga qo'lim "chiqib" qolgan bo'lsa uzr, endi bizga ruxsat.  


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика