Anvar G'ofurov: "Bugun bizga omad kulib boqdi deb o'ylayman"
20 mar 20:26
Yangiliklar
Anvar G'ofurov: "Bugun bizga omad kulib boqdi deb o'ylayman"
Superliga 4-turdan o'rin olgan "Nasaf" - "Surxon" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida termizliklar jamoasining vaqtincha bosh murabbiyi Anvar G'ofurov ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Sir emas, bugun juda yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik. "Nasaf"ning qanday kuchga va tajribaga egaligini hammamiz yaxshi bilamiz. Jamoa tarkibida yoshlar ko'p, shu bilan birga doim yaxshi o'yin ko'rsatib keladi. Buning uchun Ro'ziqul akaga respekt. Menga "Nasaf" muxlis sifatida yoqadi. "Nasaf" Osiyo chempionlar ligasida ham doim o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Juda yaxshi raqib deya olaman. Bugun bizga omad kulib boqdi deb o'ylayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar