So’nggi yangiliklar

12:54Роналду 2009 йилдан бери илк бор тақвим йилида бирорта ҳам хет-трик қайд этмади  1 12:33"Вулверхэмптон" Англия чемпионатининг дастлабки 19 турида бирор марта ғалаба қозонмади ва 123 йиллик антирекордни такрорлади  0 12:22Балотеллида БАА 2-лигаси вакили "Ал-Иттифоқ"дан таклиф бор. 35 ёшли ҳужумчи 2024 йил декабридан бери ўйнамаяпти  0 10:40АПЛнинг сўнгги ўрнидаги жамоани мағлуб этолмаган Аморим нималар деди?  7 10:06Европанинг ТОП клубларига "Ал Ҳилол" футболчиси кeрак  0 09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  4 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  3 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  3 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  6 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  40 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  8 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  8 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  1 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  5

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim finalini "CA"da jonli kuzating, biz Jiddadamiz! Yangiliklar

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim finalini "CA"da jonli kuzating, biz Jiddadamiz!

Jurnalist bo'lishning eng zo'r tomoni ham shunda, dunyo ko'rasan. Geografiya fanidan qoldirib yuborgan darslaringni jonli kuzatasan.

"AKFA" kompaniyasi 2023 yil bolalar futbolida asosiy homiylarimdan biri bo'ldi. Ishim maqul keldi shekilli ular klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga ham homiylik qiladigan bo'ldilar. Lekin hech qanday majburiyat yuklamadilar, shunchaki. Egan og'iz uyalar, o'zim ularni homiy deb elon qildim.


Ikki kecha Madinada tunab, kecha Jiddaga etib keldik. Sarguzashtlarga boy bo'layotgan musobaqamiz dekabr oyiga to'g'ri kelganligini uchun havoga etiroz qila olmaymiz. Barchasi joyida. Xuddi biz kabi kecha "Manchester Siti" ham Saudiya Arabistoniga uchib keldi. Ko'pchilik Xolland musobaqada ishtirok etmasa kerak degan fikrni ilgari surgandi, ammo u asosiy tarkib safida Jiddaga keldi.


Tezkor malumotlarni TELEGRAMdagi kanalimda kuzatishingiz mumkin.


Men finalda "Al Ittihod" - "Manchester Siti" o'yinini kutgandim. Ammo futbolda sen istaganing emas, maydondagi o'yin hal qiladi. Ilk bosqichdan o'tgan Benzema boshchiligidagi klubga "Al Ahli" hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 3:1 hisobida misrliklarning g'alabasi bilan tugagan o'yindan keyin Marselo boshchiligidagi "Fluminense" yarim finalda Afrika chempioniga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi.


Saudiya Arabistoni 1985 yilda tavallud topgan shahzoda Muhammad ibn Salmon Al Saud boshchiligida juda katta tub o'zgarishlarga qo'l urganini sportda ham ko'ryapmiz. "Al Hilol", "Al Nassr", "Al Ittihod", "Al Ahli" hukumat loyihasi sifatida katta mablag' bilan moliyalashtirildi. Bugun "Saudi Arabia Vision 2030" dasturi asosida milliardlab dollarlar turizm yo'lida ishlatila boshladi, endi Saudiya Arabistoni BAA va Qatar kabi ochiqlik siyosatini tanladi. SHuning uchun ham mamlakatga kirish huquqini beruvchi vizalarni olish juda oson bo'lib qoldi.



Qisqasi biz media markazdan akkredidaciyalarimizni olib ishga kirishdik. Markazdan mashg'ulot maydoniga maxsus avtobuslar qo'yilgan. Undan keyin siz bemalol ikkinchi matbuot anjumaniga ham ulgurasiz. Media markazda bepul 10 taomlar ham mavjud. Qatardagi JCHda qatnashgan hamkasblarim bitta buterbrodga 20-30 dollar to'lagani esimda.


"Flumenese" mashg'ulotlari klubning roziligi bilan 30 daqiqa ochiq bo'ldi. Aslida reglamentga ko'ra 15 daqiqa belgilangan. Aftidan Braziliyadan kelgan ko'plab OAV hurmati shunday qilindi. Mashg'ulotlarni tugatib mehmonxonaga qaytdik va tungi Jiddani aylandik. Endi Dubay sayohatini chetga surib qo'ysak ham bo'larkan dedim. Jidda borgan sari zamonaviylashyapti. Dubayga solishtirganingizda esa tinchroq.




Bugun Jiddaning qadim tarixi bilan tanishdik. Al Balad deb nomlanuvchi tarixi VII asrga borib taqaladigan tumanga sayohat qildik. Vikipediya malumotlariga ko'ra Al Balad eski Jidda. 70 yillarga kelib arablar neft oridan yangi binolarni qura boshlagan, mahalliy xalq uchun bu er eskiradi va bu hudud migrantlarga qoladi. Turizmga etibor ortidan 2014 yilga kelib Al Balad Yunesko fondiga kirdi va u erda katta tamirlash ishlari boshlangan holda bugungacha davom etyapti. Tarixiy maskan Jiddaga tashrif buyuruvchilarning sevimli maskaniga aylanib bo'lgan. 

Stadionga qaytishda "Al Ahli"ning matbuot xizmati vakili bilan uchrashib qoldik. O'zbekistondan ekkanligimizni bilgach, 2005 yildagi O'zbekiston - Bahrayn o'yini eslab ketdi. 

- Menga 4-raqamdagi (Qosimov) futbolchingiz juda yoqardi. Ruminiyalik Xadjiga o'xshatar edim. Keyin 15-raqam (Geynrix) maestro edi. Terma jamoangizni hurmat qilaman.

Geynrix va Qosimovga salom aytdi. Buni Geynrixga etkazib qo'ydim ham.


Birozdan keyin Gvardiola ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tadi keyin biz Xolland ertangi bahsda qatnashadimi yoki yo'q, bilish uchun 15 daqiqalik mashg'ulotga boramiz. Bu orada "Fluminense" va "Al Ahli" jamoalari o'rtasidagi birinchi yarim final uchun media chiptalarni qo'lga kiritib bo'lganmiz.


Bizni kuzating, safar homiysi "AKFA" kompaniyasi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика