Klopp qachon ketish vaqti kelganini tushungani haqida gapirib berdi
27 jan 2024 09:33
Yangiliklar
Klopp qachon ketish vaqti kelganini tushungani haqida gapirib berdi
Yozda “Liverpul” murabbiyligidan ketadigan Yurgen Klopp qachon ketish vaqti kelganini tushungan vaqti haqida gapirib berdi.
“Umuman olganda yoz biz uchun qiyin bo'ldi. Yangi o'yinchilarni xarid qilish uchun qattiq ishladik va bir qator kuchli futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Ular safimizga kelib qo'shilganidan so'ng biz biroz tinchlandik. Yangi futbolchilar bilan shartnomalar va mavsumoldi tayyorgarliklardagi voqealardan so'ng ketish vaqti kelganini tushundim. Men boshqa bunday bosimda ishlay olmayman.
Mavsum yakunidan so'ng kamida bir yil dam olaman. Hech qaysi klub yoki terma jamoani boshqarish niyatida emasman”,- dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar