Klopp Gakponing "Liverpul"ga o'tishida muhim rol o'ynadi
27 dek 2022 15:13
Yangiliklar
Klopp Gakponing "Liverpul"ga o'tishida muhim rol o'ynadi
Kodi Gakponing "Liverpul"ga o'tishida Yurgen Klopp muhim ahamiyat kasb etdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, "Liverpul" bosh murabbiyi Gakpo bilan muzokaralarda hal qiluvchi rolni o'ynagan.
Klopp jarohatlangan futbolchilar ko'payib ketgani bois "Liverpul"dan yangi vinger xarid qilishni so'radi. Murabbiyning xohishidan kelib chiqib, klub rahbariyati tezkorlik bilan harakatga tushdi.
"Liverpul" tezda Gakponi jamoaga qo'shilishga ko'ndirdi – bir yil oldin Luis Dias xuddi shu yo'sinda jamoaga kelib qo'shilgandi. Kodi bo'yicha PSV bilan shartnoma allaqachon yopilgan.
Xabar qilinishicha, Gakpo "Liverpul" bilan 6 yillik kelishuv imzolaydi. U uchun bonuslarsiz 37 million funt to'lanadi.
Kecha PSV Gakpo transferi bo'yicha "Liverpul" bilan kelishuvga erishganini elon qildi.
Gakpo joriy mavsum PSV safida 24 ta o'yinda 13 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U JCH-2022da 5 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta to'p kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar