Klopp futbol sharhlovchiligida o'zini sinab ko'rishi mumkin, unga ikki telekanal davogarlik qilmoqda
07 mar 2024 22:44
Yangiliklar
Klopp futbol sharhlovchiligida o'zini sinab ko'rishi mumkin, unga ikki telekanal davogarlik qilmoqda
Mavsum so'ngida "Liverpul"ni tark etadigan Yurgen Klopp o'zini sharhlovchilikda sinab ko'rishi mumkin.
Garchi murabbiy bilan Evropaning bir qancha TOP klublari, jumladan, "Bavariya" va "Barselona" aloqaga chiqishgan bo'lsa-da, uning agenti Kloppning bir yil dam olishini elon qildi.
Nemis mutaxassisi kuch-quvvatga to'lib olgunga qadar Evro-2024'da televizion sharhlovchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
Germaniya yashil maydonlarida o'tkaziladigan turnirda faoliyat olib borish uchun Klopp ITV va BBC telekanallaridan taklif olgan. Yakunda uning qanday qarorga kelishi hozircha nomalum.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar