Klopp chap qanot himoyasida epidemiya boshlanganini aytdi
26 dek 2023 22:22
Yangiliklar
Klopp chap qanot himoyasida epidemiya boshlanganini aytdi
Endryu Robertson elkasidan olgan jarohati sababli davolanishni davom ettirayotgan bo'lsa, Kostas Cimikas "Arsenal"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
"Gomes barcha o'yinlarda ushbu nuqtada o'ynay oladimi? Robertsonning qachon qaytishini bilmayman, Kostas esa uzoq muddatga safdan chiqdi. Nimalar bo'lishini bilmayman, ko'ramiz. Hali buni o'ylab ko'rishga ham vaqt bo'lmadi. Lekin bizga hozir juda og'ir.
Bazida futbolchilarda jarohatlar bo'lib turadi, biroq sinish yoki uzilish - eng yomon, chunki bu odamni tark etmaydi. Endryuda boshqacha jarohat bor edi, shu sababli uning tiklanishiga ko'p vaqt ketmoqda.
Barchamiz bunday paytlarda omad ham kerakligini tushunib turibmiz. Endi Robertsonni paxtaga o'rab, keyingi o'yinga tayyorlashimiz kerak bo'ladi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar