Kimmixning fikricha, Ronaldu Xitoy klubiga o'tmasligi kerak
10 jan 2017 15:18
Yangiliklar
Kimmixning fikricha, Ronaldu Xitoy klubiga o'tmasligi kerak
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmixning fikricha, "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Xitoy klublaridan biriga o'tmasligi lozim.
Oldinroq Xitoy klublaridan biri Ronalduga 100 mln. evrolik shartnoma taklif qilayotgani elon qilingan edi.
"Menimcha u shuncha pulni sarflay olmasa ham kerak. Hozirgacha bu ishni qila olmagan, 100 mln.ni qanday ishlatadi? Haqiqiy futbolchi uchun birinchi o'rinda pul emas, o'zining yuksak maqsadlari va sport chaqiruvlari bo'lishi kerak" - deydi Kimmix.
Fikrlar