So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  16 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  26 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

Keyrush Erondagi ishini davom ettirishga tayyor Yangiliklar

Keyrush Erondagi ishini davom ettirishga tayyor

Saytimiz orqali Karlush Keyrush muzokara o'tkazish uchun Tehronga kelgani haqida xabar bergandik.

Malum  bo'lishicha, portugaliyalik murabbiy Eron terma jamoasidagi ishini davom ettirishga tayyor. Tez orada uning yangi shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.

- "Jahon chempionatidan so'ng menda bir nechta jamoadan takliflar bo'ldi, - deydi Karlush Keyrush. - Ular orasida Janubiy Koreya, Jazoir va Meksika  bor edi. Lekin xayolimdan Eron ketmadi. Men Osiyo Kubogi paytida ham terma jamoada qolib, ushbu musobaqada zafar quchishni xohlayman".

- "Hamma gap bu musobaqaga qanday tayyorgarlik ko'rishda. CHunki vaqt kam qolyapti. Agar o'z kuchimga ishonmaganimda shartnomani uzaytirish uchun Eronga kelmagan bo'lardim. Biz jahon chempionatida kichik sensaciya qayd etdik. Osiyo Kubogida esa kattaroq natijani ko'zlaymiz. Agar hammasi ko'ngildagidek kechsa yangi shartnomaga qo'l qo'yaman. Men boshqa jamoa bilan to'rt yillik shartnoma tuzishim ham mumkin edi, lekin Osiyo Kubogida g'olib chiqish istagi kuchlilik qildi".

Eslatib o'tamiz, Karlush Keyrush 2011 yilning aprel oyidan beri Eron terma jamoasini boshqarib kelmoqda. U Osiyoda faoliyat yuritayotgan eng mashhur murabbiylar sirasiga kiradi.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика