So’nggi yangiliklar

12:32"Тоттенхэм" "Барселона" футболчисини нишонга олди  0 12:05"Рома" А Сериядаги мағлубиятсиз сериясини 17 ўйинга етказди  2 11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?!  2 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  7 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  7 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  5 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  6 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  26 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5

Keylor Navas: “Real” bilan ko'p sovrinlar yutishni istayman” (to'liq intervyu) Yangiliklar

Keylor Navas: “Real” bilan ko'p sovrinlar yutishni istayman” (to'liq intervyu)

Darvozabon Keylor Navas ayni paytda “Real”ning Valdebebasdagi bazasida mashq qilayotgan yagona futbolchi sanaladi.


Kosta-rikalik posbon jarohatdan keyin tezroq tiklanish uchun maxsus mashg'ulotni boshlab yuborgan. Operaciyadan 15 kun o'tgach, Navas bunga qaror qildi. “Marka” nashriga bergan intervyusida u bir qator savollarga javob qaytardi.


- Operaciya qanday o'tdi?

- Yaxshi. Hozir tiklanish davri ketmoqda. Barchasi reja bo'yicha ketayotgani eng muhimi. Mashg'ulotlarni qiziq deya olmayman, ammo tezroq tiklanish uchun boshqa chora yo'q. Safga qaytish uchun bu erga kelib, jiddiy ter to'kish lozim.

- Kuniga necha soat mashq qilyapsiz?

- Taxminan uch yarim soatcha Valdebebasda shug'ullanaman, lekin bundan keyin ham turli mashqlarni bajaraman. Bazi trenajyor moslamalarni uyga olib ketishimga ruxsat berishgan.

- Tatilni Madridda o'tkazish qanday? Kosta-Rikaga jo'nab ketishingiz ham mumkin edi.

- Baxtimga oilam men bilan shu erda. Vatanimni va yaqinlarimni sog'indim, lekin bazida oson bo'lmagan qaror qabul qiladigan payt uchraydi. Menda hali Kosta-Rikaga borishga etarlicha vaqt bo'ladi.

- Operaciyaga rozi bo'lishga nima majbur qildi?

- Og'riq bilan o'ynashga ko'nikdim va bu unchalik qo'rqinchli emasdi. Lekin tekshiruv ko'rsatdiki, operaciya sog'lig'im uchun zarur edi. Mavsumni og'riq bilan o'tkazdim. Buni tezroq hal qilish lozimligini aytishdi.

- Necha uchrashuvda og'riq bilan o'ynadingiz?

- Ko'p. Bazida rostdan kuchli og'riqni his qildim, lekin doim o'ynashni istardim. Qachon o'ynay olmagan taqdirimda yoki keyingi uchrashuv oldidan dam olishim lozim holatlarda maydonga tushirilmadim.

- O'tgan mavsum faoliyatingizda eng yaxshisi bo'ldimi?

- Faoliyatimda ajoyib mavsumlar bo'lgan, ammo “Real” uchun o'ynash va bu buyuk klubda sovrinlar yutish imkoni yuzaga kelgani ajoyib. Men uchun oson bo'lmagan yil bo'ldi, hamisha diqqat-marzida bo'ldim. Mavsum oxir-oqibat juda yaxshi yakunlandi.

- CHempionlar ligasi sovrinidan tashqari siz jamoadagi sheriklaringiz va “Santyago Bernabeu”dagi muxlislar yoqimtoyiga aylandingiz.

- O'tgan mavsumda ro'y bergan voqealar aqlbovar qilmas hodisalar turkumiga mansub: sheriklaring,murabbiylar shtabi va ishqibozlar tomonidan qo'llab-quvvatlashni his qilsang, buni nima bilan tenglashtirish mumkin? Jiddiy mehnatimni Yaratgan shu tariqa taqdirladi deb o'ylayman.

- Sizni nima eng ko'p tasirlantirdi: “Bernabeu”dagi birinchi o'yin, Kasilyasning ketishi sababli 1-raqamli libosni kiyishingiz yoki 31 avgustdan keyingi birinchi o'yinmi?

- Darvozabon uchun birinchi raqam to'g'ri keladi eb hisoblayman. Kasilyas – ajoyib futbolchi, uning “Real”dagi faoliyati ajoyib chiqqan. Uni hurmat qilaman, lekin mavsum boshlanganda uning raqamini olish imkoni tug'ildi. “Real” tarixida nomimni qoldirishni xohlayman. Odamlar keyinchalik meni yaxshi inson va futbolchi sifatida eslab yurishlarini istayman.

- Bunday tezlik va ajoyib sakrashni qanday o'rgangansiz?

- O'ylashimcha, bunday tezlik har bir futbolchida bor. Menga reflekslarimni rivojlantirishni biladigan murabbiy bilan ishlashda omad kulib boqqan. 14 yoshimdan terma jamoada Konexo, “Saprissa”da Roxer Mora, “Albasete”da Kano va “Levante”da Luis Lopis bilan ishlaganman. U bilan hozir ham birga ishlab kelmoqdaman. U qachon to'liq kuch bilan ishlash, qachon o'yindan avval dam olish kerakligini yaxshi biladi.

- Raqiblarni o'rganishga Lopis bilan qancha vaqt sarflaysiz?

- Ko'p, har bir videoga bir soatdan kam ajratmaymiz. Raqib himoyasi o'yinini ham tahlil qilamiz. Burchak zarbalari chog'ida ular xavf tug'dirishlari mumkin. Raqib to'g'risida imkon boricha ko'proq malumot yig'amiz. Bu o'yinda katta yordam beradi. Qaysidir futbolchining biror vaziyatda qanday o'ynashi haqida tasavvurga ega bo'lish juda muhim.

- Lopisni juda talabchan deyishadi. SHu sababli u bilan ishlash qiyinmi?

- To'g'risi, ha (kuladi). Boshida menga engil bo'lmagan. U bilan anchadan beri ishlab kelyapman v minnatdorman. “Levante”da o'ynab yurganimda Lopis menga Kosta-Rika terma jamoasining jahon chempionatidagi raqiblari haqida malumot bergan va bu juda asqotgandi. Yana u raqib posbonlarining penalti paytidagi harakatlarini taqdim etgandi.

- Demak, Serxio Ramos Xorvatiya bilan uchrashuvda to'pni qaerga tepishini bilgansiz, shundaymi?

- Yo'q, bu boshqa narsa. Serxio odatda bir burchakka tepadi, lekin tepuvchilar uslubini doim o'rganishadi va bazida ularga boshqacha tepishga to'g'ri keladi. SHu sababli penalti tepuvchilarning barchasini o'rganishning iloji yo'q. Vaziyatni his qilish va futbolchida uni bajarishda xayolida nima borligini tushunishga intilish lozim.

- CHempionlar ligasini yutish siz uchun nimani bildiradi?

- Bu g'aroyib: “Desima”ning nishonlanishi televizor orqali ko'rganimda bunday nishonlash marosimida qachondir qatnashish ajoyib bo'lishini o'ylagandim. Orzum ushaldi. Uni hech narsa bilan taqqoslab bo'lmaydi – fantastik hissiyot!

- “San-Siro”da musobaqa madhiyasi yangraganda nimani his etgansiz?

- Mo'jiza edi. Tanam titrab ketgandi. Qarindoshlarim bilan Kosta-Rikada kompyuterda o'yinda shu turnir finaliga etib borgan paytimni esladim. Stadion tepasiga boqib, buyuk final ishtirokchisiga aylanishimga imkon bergani uchun Yaratganga rahmat aytdim.

- “Atletiko” bilan o'yindagi penalti faoliyatingizdagi eng murakkab vaziyat bo'ldimi?

- Albatta, katta bosimni his qildim. SHeriklarimga ishonardim. O'shanda barcha g'alaba uchun bor kuchini ishga soldi.

- Xuanfran urolmagan penaltida to'pni qaytara olarmidingiz?

- O'ylashimcha, ha. Biroq buni tekshirishning iloji yo'q.

- Zidan bilan munosabatingiz qanday?

- Birinchi kundanoq juda yaxshi. U futbolchilik faoliyati uchun katta hurmatga arziydi va hozir murabbiyligi bo'yicha ham. U jamoani ajoyib boshqara oladi. Zidan menga ishonadi va uning ishonchini oqlashga intilaman.

- Yangi mavsumda oldingizga qanday maqsadlar qo'ygansiz?

- Maqsadim oddiy: yaxshi o'ynash va sovrinlar yutish. O'tgan yildagi ko'rsatkichlarimni yaxshilashni va “Real” bilan ko'proq g'alabalarga ega chiqishni istayman.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика